Jismoniy shaxslar uchun tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari bo‘yicha Bankxizmatlari.uz axborot portali

Oxirgi yangilanish:  22 Fev 2022 11:16
816
Jismoniy shaxslar uchun tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari bo‘yicha Bankxizmatlari.uz axborot portali
2

Tijorat banklarining maqbul hamda foydali mahsulot va xizmatlarini tanlash bo‘yicha oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini yaratish maqsadida moliyaviy xizmatlar iste'molchilari uchun Bankxizmatlari.uz axborot portali ishga tushirildi.

Axborot portali foydalanuvchilarga tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar uchun taklif etilayotgan moliyaviy xizmatlar (kreditlar, depozitlar, valyuta ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalari va boshqa xizmatlar)ni taqqoslash imkoniyatini beradi.

Axborot portali qanday ishlaydi?

Ushbu portal sizga tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan bank xizmatlarining keng tanlovini tezda farqlashga va eng qisqa vaqt ichida o‘zingiz uchun foydali bo‘lgan qarorni qabul qilishga yordam beradi.

1 qadam: Toifani tanlang

Ushbu tizim aynan sizga kerakli bo‘lgan bank mahsuloti/xizmatini topishga yordam beradi.

2 qadam: Shartlarni kiriting

Portalda turli toifadagi bank xizmatlarini solishtirish imkoniyati mavjud.

3 qadam: Turli variantlar bo‘yicha taklif etiladigan ma'lumotlarni taqqoslang

Iste'molchilarda belgilangan mezonlar bo‘yicha moliyaviy xizmatlarni tanlash imkoniyati mavjud. Bunga bank omonatlarini foiz stavkasi bo‘yicha saralash, kreditlarni foiz stavkasi va so‘ndirish muddati bo‘yicha tanlash misol bo‘lishi mumkin.

Qaysi bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha ma'lumotni o‘rganish mumkin?

  • Omonatlar
  • Bank kartalari
  • Kreditlar
  • Xalqaro pul o‘tkazmalari
  • Valyuta kurslari

Axborot portalining afzalligi nimada?

  • Doimiy ravishda yangilanib boriladigan to‘liq ma'lumotlar bazasi;
  • Taqqoslashning aniqligi va haqqoniyligi;
  • Tanlangan shartlar va maqsadlar asosida iste'molchi uchun maqbul bo‘lgan moliyaviy xizmatni tanlash;
  • Hozirgi kun uchun eng yaxshi takliflar.

Ma'lumotlar tijorat banklarining turli xildagi takliflari asosida taqdim etiladi.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Fond birjasi qanday faoliyat yuritadi?

Fond birjasi qanday faoliyat yuritadi?

Tijorat banklari

Tijorat banklari

Xalqaro moliyaviy institutlar

Xalqaro moliyaviy institutlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X