Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Mikromoliya tashkilotlari

Oxirgi yangilanish:  28 May 2024 14:02
12848
Mikromoliya tashkilotlari
9

Mikromoliya tashkilotlari va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar moliyaviy inklyuzivlik sohasida muhim rol o‘ynaydi. U kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga, shuningdek, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga mikrokreditlar va shu kabi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni ifodalaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 noyabrdagi PQ-364-sonli "Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish,hududlarda mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish, mikromoliya tashkilotlari uchun depozit jalb qilish imkoniyatini yaratish maqsad qilib belgilangan. 

Mikromoliya tashkilotlari uchun qanday qulayliklar yaratiladi?

Nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlariga chet el fuqarolaridan xorijiy valyutada qarz olishga hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berildi. Mikromoliya tashkilotlari tegishli lisenziya olgan holda to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Mikromoliya tashkilotiga bankdan kredit ajratilishida kredit ta’minoti sifatida tashkilotning kredit portfelidan foydalanish huquqini taqdim etish imkoniyati yaratildi.

Mikromoliya tashkilotiga qo‘yiladigan talablar:
  • Tashkilotning yuridik maqomi: aksiyadorlik yoki ma’suliyati cheklangan jamiyat
  • Tashkilot nomi: tashkilot nomida mikromoliya tashkiloti so‘z birikmasi aks etishi
  • Ustav kapitali: 2 mlrd. so‘m
  • Tashkilot binosi: Xavfsizligi ta’minlangan va barcha talablarga muvofiq keluvchi bino
  • Xodimlar: mazkur sohada kamida ikki yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lgan ijro etuvchi rahbar va bosh buxgalter, shuningdek boshqa lavozimlar

Mikromoliya tashkilotini tashkil etish uchun nimalar qilish kerak?
1-bosqich
  • Tashabbuskor tomonidan yagona interaktiv markazidan tadbirkorlik sub’yekti ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
  • Shartlari o‘ziga qulay bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi bankda hisobvaraq ochiladi va ustav fondi shakillantiriladi. Ushbu mablag‘ mikromoliya tashkiloti hisob ro‘yxatidan o‘tkazilguncha qadar bank hisobvarag‘ida saqlanishi lozim.
  • xizmat qo‘rsatish binosi tanlanadi. 
  • Munosib nomzodlar bilan xodimlar butlanadi. 
2-bosqich Tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng 3 oy ichida mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestiriga kiritish uchun Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
  • ariza
  • mikromoliya tashkilotlari ishtirokchilari to‘g‘risida ma’lumotlar (agar ishtirokchi-aksiyadorlar jismoniy shaxs bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 07.03.2023 yildagi 3423-sonli Nizomning 2a-ilovasiga, yuridik shaxs bo‘lsa Nizomning 2b-ilovasiga va 3-ilovasiga muvofiq shaklda; va sudlamanganlik to‘g‘risida ma’lumotnomalar)
  • ustav fondiga kiritilgan mablag‘lar manbalari to‘g‘risida ma’lumot
  • rahbar xodimlar to‘g‘risida ma’lumot
Ma’lumot uchun: Agar mikromoliya tashkiloti norezident shaxslar tomonidan tashkil etilsa, qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
3-bosqich

Hujjatlar 15 ish kuni ichida o‘rganib chiqilib ijobiy qaror qabul qilinsa, Mikromoliya tashkilotiga Markaziy bank tomonidan hisob ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 1 ish kunidan kechiktirilmagan holda elektron platforma orqali yuboriladi.
Tashkilot ixtiyoriy ravishda Mikromoliya assosiatsiyalariga a’zo bo‘lishlari mumkin.

Elektron platforma — mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish to‘g‘risidagi arizalar hamda faoliyatni (harakatni) boshlaganlik va tugatganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) maxsus elektron tizimi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Tijorat banklari

Tijorat banklari

Fond birjasi qanday faoliyat yuritadi?

Fond birjasi qanday faoliyat yuritadi?

Xalqaro moliyaviy institutlar

Xalqaro moliyaviy institutlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X