Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Nima uchun narxlar darajasini qat'iy belgilab bo'lmaydi?

Oxirgi yangilanish:  1 Iyul 2024 16:00
1572
Nima uchun narxlar darajasini qat'iy belgilab bo'lmaydi?
1

Umuman olganda, tovar va xizmatlar narxlarini "muzlatish" maqsadida davlat aralashuvi orqali ularni qat'iy belgilash mumkin. Ammo bunday yondashuv mamlakatning iqtisodiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Birinchidan, narx bu tovarga bo'lgan talab va taklifning ko'rsatkichi bo'lib, ishlab chiqaruvchiga nima va qancha miqdorda ishlab chiqarishni aniqlash imkonini beradi. Agar tovar yoki xizmat narxi qat'iy belgilanadigan bo'lsa, buning oqibatida ba'zi tovarlar yetishmovchiligi yoki ularning ortiqcha ishlab chiqarilishi yuz beradi.

Bundan tashqari, agar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va materiallar import qilinadigan bo'lsa va ularning narxlari qimmatlashsa tovar sifati yomonlashishi mumkin, chunki ishlab chiqaruvchilar o'z xarajatlarini qat'iy belgilangan narxlar (import qilinadigan xom ashyolar uchun) doirasida qoplayotganliklari bilan izohlaydilar.

Aynan ushbu sabablarga ko'ra bozor iqtisodiyotidagi narxlar davlat tomonidan emas, balki bozor tomonidan shakllanishi lozim.

11Past darajadagi barqaror inflyatsiya o'sib borayotgan va rivojlanayotgan iqtisodiyotning zaruriy tarkibiy qismidir. Iqtisodiy nazariyada "tabiiy" inflyatsiya tushunchasi mavjud bo'lib, uning darajasi yiliga 2-4% atrofida bo'ladi. Bu kelajakda tovar va xizmatlar taklifini yaratishda iste'molni rag'batlantirish va ishlab chiqarishni yetarli moliyaviy resurslar bilan ta'minlash zaruratidir. Chunki past darajadagi barqaror inflyatsiya sharoitida tovar va xizmatlarga bo'lgan talab kamaymaydi (ehtimol, talab oshadi). Binobarin, korxonalar ishlab chiqarishi o'sib boradi, va shunga yarasha ortayotgan daromadlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yo'naltirilishi va buning natijasida esa yangi ish o'rinlari yaratilishi mumkin. Bu esa odamlarga pul ishlab topishni va o'z navbatida uni sarflash imkoniyatini yaratadi.

Yuqoridagilardan tashqari, inflyatsiyaning tabiiy darajasi ish beruvchilarga ish haqini oshirish imkonini beradi. Odatda, inflyatsiya sharoitida ish beruvchilar ko'p hollarda ish haqi darajasini indeksatsiya (oshiradilar) qiladilar, lekin iqtisodiyotning turli sektor (soha)larida ish haqi bir-biridan farqli ravishda oshishi mumkin. Bundan tashqari, inflyatsiya tufayli ish haqining o'sishi, uning real qiymati joriy inflyatsiya darajasiga har doim ham mos ravishda o'sishini anglatmasada, ishchilarning daromadi muayyan ravishda doimiy o'sishi yuz beradi.

Inflyatsiya qanday bo'lishi kerak?

Inflyatsiya darajasi past, barqaror va oldindan taxmin qilinadigan bo'lishi kerak. Shundagina iste'molchilar ham, ishlab chiqaruvchilar ham foyda ko'radilar. Muayyan mamlakat uchun inflyatsiyaning maqbul darajasi o'sha davlat Markaziy banki va boshqa iqtisodiy idoralari tomonidan belgilanadi.

Anglash kerakki, rasmiy manbalarda e'lon qilinadigan inflyatsiya darajasi har doim ham sizning shaxsiy (o'zingiz sezadigan) inflyatsiyangiz darajasiga mos kelmasligi mumkin.

Dunyoning turli iqtisodiyotlarida shunday holatlar ham mavjudki, tovarlar va xizmatlar narxi o'smaydi, aksincha, pasayadi. Bunday holat iqtisodiyotda deflyatsiya deyiladi.

Deflyatsiya o'zi nima degani?

Deflyatsiya – bu salbiy inflyatsiya. Ya'ni narxlar ko'tarilmaydi, aksincha tushadi. Deflyatsiya iqtisodiyot rivojlanishini to'xtatadi.

12

Buning asosiy sababi shundaki, narxlar pasayganda odamlar sarflashni to'xtatadilar. Nega? Agar biroz kutilsa, xuddi o'sha miqdordagi pulga oldingidan ko'ra ko'proq tovar sotib olish mumkin bo'ladi. 

Ammo talab kamaysa, bir xil hajmda tovar ishlab chiqarishga ehtiyoj ham qolmaydi. Ishlab chiqarish hajmi kamayadi, tabiiyki bu iqtisodiy o'sishning sekinlashuviga olib keladi.

Deflyatsiya holatidagi iqtisodiyotda narxlar pasayishi natijasida, korxonalar xarajatlarni qisqartirishga, shu jumladan ish haqi uchun to'lovlarni kamaytirishga majbur bo'ladilar. Pirovardida esa, odamlarning daromadlari kamayadi va bu ularning xarid qobiliyatiga ta'sir qilib, talabni yanada pasayishiga olib keladi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Inflyatsiya haqida boshlang'ich tushuncha

Inflyatsiya haqida boshlang'ich tushuncha

Markaziy bank asosiy stavkasi bu nima?

Markaziy bank asosiy stavkasi bu nima?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X