Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Dollarning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  1 Avg 2025 15:38
961
Dollarning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?
3
Finlit.uz fuqarolarni qora bozorda xorijiy valyuta xarid qilmaslikka chaqiradi. Ko‘pincha qalbaki pul sotuvchilari 50 va 100 dollarlik pullarni qalbakilashtiradilar

Banknotning haqiqiyligini tekshirishning eng ishonchli usuli - tijorat bankiga murojaat qilish. O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida bu xizmat pulli hisoblanadi.=

Bundan tashqari, har qanday fuqaroning o‘zi buni mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin. Xavfsizlik elementlarining mavjudligi haqiqiy banknotlarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Xavfsizlik elementlari:
  1. chizmalarning fon chiziqlari aniq va ravon bo‘lishi kerak;
  2. chop etilgan tasvir banknotning butun old tomoni biroz qavariq bo‘lishi kerak;
  3. portret banknot markazidan biroz chetga surilgan bo‘lishi kerak;
  4. qog'oz teginganda dag‘al va baxmal bo‘lishi kerak, chunki uning tarkibida paxta va zig'ir tolasi mavjud;
  5. suv belgilari portretning o‘ng tomonida joylashgan bo‘lishi va ikkala tomonida bir xil bo‘lishi kerak;
  6. himoya chizig'i ultrabinafsha nurda yashil rangga aylanadi;
  7. tasvir rangi uzilishlarsiz chiziqlar bo‘ylab o‘zgarishi kerak;
  8. nominal rangi banknotani burchakka egkanda, pastki o‘ng burchakdagi raqamning rangi o‘zgarishi kerak;
  9. AQSh Federal zaxira tizimining belgilari – banknotani chiqargan maxsus Federal zaxira bankini ko‘rsatadigan harf va raqami bo‘lishi kerak.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?

Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?

Banknotalar

Banknotalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X