Shikastlangan banknotlarning to‘lov qobiliyati

Oxirgi yangilanish:  17 Iyun 2020 15:28
28
Shikastlangan banknotlarning to‘lov qobiliyati
1

Har bir inson shikastlangan pullarga duch kelgan va bunday pullar bilan to‘lovlarni amalga oshirish mumkinmi degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Aniqlik kiritamiz!

Quyidagi shikastlangan banknotlar tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish va bankka topshirish mumkin:
  • har qanday qismida teshik yoki yirtilish bo‘lgan, qog‘ozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qog‘oz ko‘rinishiga kelib qolgan) hamda dog‘lari bo‘lgan va turli rasm va (yoki) yozuvlar yozilgan banknotlar;
  • yirtilib bo‘laklarga ajralgan va yelimlangan pullar - agar pulning qismlari shubhasiz bitta banknotga tegishli bo‘lsa;
  • bo‘yoq moddalari yoki kislota to‘kilgan, tabiiy rangi o‘zgargan, kuygan, bo‘yalgan yoki chizilgan pullar;
  • banknotning ayrim qismiga (yoki qismlariga) yozilgan yozuvlar yoki bo‘yalgan (bo‘yoq to‘kilgan) joyi banknot umumiy hajmining 5 foizidan oshmaydigan banknotlar;
  • banknotning yirtilgan, teshilgan joyini diametri yoki yirtilib tushgan burchagi (qismi)
    1 sm.dan oshmaydigan banknotlar;
  • rangi keskin tarzda o‘zgarmagan banknotlar;
  • "Davlat Belgisi" DICHB korxonalari tomonidan nuqsonli banknot va tangalar ishlab chiqarilganligi aniqlansa, bank hech qanday moneliksiz, Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlarida, ularni "muomalaga yaroqli" pullarga almashtirib olishlari mumkin;
  • himoya belgilari mavjud bo‘lgan banknot bir nechta bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, uning banknot umumiy hajmining 55 foizidan ortiq qismi mavjud bo‘lib, unda pulning seriyasi va tartib raqami qayd etilgan qismlari saqlanib qolmagan bo‘lsa ham bunday banknotlar "to‘lovga yaroqli" hisoblanadi.
59

Qaysi hollarda banknotlar to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi?

Banknota quyidagi hollarda to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi:

  • Banknot umumiy hajmining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan bo‘lsa;
  • tegishli himoya belgilariga ega bo‘lmagan banknotlar ya'ni "qalbaki" pullar;
  • banknotdagi uning nominal qiymatini aks ettiruvchi yozuv va raqamlarni o‘zgartirish orqali hosil qilingan "soxta" pullar ham "to‘lovga yaroqsiz" pullar hisoblanadi.



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?
2

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Valyutalar
2

Valyutalar

Shikastlangan banknotlarning to‘lov qobiliyati
1

Shikastlangan banknotlarning to‘lov qobiliyati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X