Raqamli identifikasiya – bu biometrik shaxsiy ma'lumotlar (yuz fotosi va ovoz) yordamida shaxsni tasdiqlab, turli bank va to‘lov tashkilotlaridan masofadan turib moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini yaratuvchi mexanizm.
Kredit va to‘lov tashkilotlari tomonidan mijozlarni raqamli identifikasiyalashni o‘tkazish tartibi va asosiy qoidalari Markaziy bank tomonidan qabul qilingan "Mijozlarni raqamli identifikasiyalash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda belgilab qo‘yilgan. [1]
Raqamli identifikasiya qanday hollarda qo‘llaniladi?
- elektron hamyon ochish va boshqarish;
- bank hisob raqamini, shuningdek bank kartasini ochish va boshqarish;
- bank kartalari yoki elektron pul tizimlari yordamida transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
- onlayn mikrokredit olish.
Kredit va to‘lov tashkilotlari mijozning shaxsini qanday tekshiradi va aniqlaydi?
Kredit va to‘lov tashkilotlari mijozning shaxsini raqamli identifikasiya qilish uchun 2 xil usuldan foydalanishadi.
1) Mijoz tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida kredit-to‘lov tashkiloti xodimi tomonidan mijozni tekshirish va identifikasiya qilish;
2) Kredit-to‘lov tashkilotining axborot tizimlari orqali inson omilisiz real vaqt rejimida mijozni tekshirish va identifikasiya qilish.
1-usulda kredit to‘lov tashkiloti xodimi tomonidan:
1. Mijozdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning fotosuratlari qabul qilinadi (biometrik pasport, ID karta yoki yangi modeldagi haydovchilik guvohnomasi);
2. Mijozning fotosuratlari va (yoki) videolari qabul qilinadi;
3. So‘rov orqali taqdim etilgan ma'lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy bazasi ma'lumotlari bilan taqqoslanadi;
4. Identifikasiya hujjatida mavjud bo‘lgan fotosuratni mijozning yuborilgan fotosurati va/yoki videoyozuvi bilan, shuningdek markaziy ma'lumotlar bazasida joylashtirilgan fotosurat bilan solishtiriladi (agar mavjud bo‘lsa);
5. Mijoz bilan bog‘lanish uchun mobil telefon raqamini tasdiqlash usullari (qo‘ng‘iroq qilish, SMS-xabar yuborish) yordamida tekshiriladi;
6. Ichki nazorat qoidalariga muvofiq mijozning yuqori xavfli toifaga mansubligi yoki yo‘qligi nuqtai nazaridan tekshirish o‘tkaziladi;
7. onlayn-video konferensiya sessiyasini tashkil etilib, qabul qilingan hujjatlar mijozga tegishli ekanligini tasdiqlanadi.
2-usulda avtomatik ravishda axborot tizimi yordamida:
1. mijozdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami (biometrik pasport yoki identifikasiya raqami yoki yangi haydovchilik guvohnomasi) yoki shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami va tug‘ilgan sanasi yoki ushbu ma'lumotlarning barchasi, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq fotosuratlar yoki videolarni olinadi;
2. Markaziy ma'lumotlar bazasiga so‘rov yuborilib, xaridor haqidagi quyidagi shaxsiy ma'lumotlar tasdiqlanadi:
- raqamli foto (agar mavjud bo‘lsa);
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (PINFL);
- biometrik pasport yoki identifikasiya ID kartasi berilgan sana, uning amal qilish muddati va berilgan joyi; davlat tilida (lotin tilida) familiyasi, ismi, otasining ismi;
- jinsi, tug‘ilgan mamlakati, tug‘ilgan joyi, millati, fuqaroligi va doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi haqida ma'lumot;
3. mijozdan olingan real vaqtda fotosuratni yoki videodagi fotosuratni avtomatik rejimda (agar mavjud bo‘lsa) Markaziy ma'lumotlar bazasidan olingan fotosurat bilan (inson omilisiz) solishtiriladi;
4. mijoz bilan muloqot qilish uchun ishlatiladigan mobil telefon raqamini mijoz tomonidan ishlatilishini aniqlash imkonini beruvchi usul yordamida tekshiriladi (mobil telefonga bog‘lanish, SMS yuborish);
5. olingan ma'lumotlarni ro‘yxat bilan ichki nazorat qoidalariga muvofiq avtomatik tartibda (inson omilisiz) solishtiradi.
Raqamli identifikasiyadan foydalanganda banklar o‘z xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha cheklovlarni o‘rnatishi mumkin, masalan:
- elektron pul egasi tomonidan amalga oshiriladigan bir operatsiyaning maksimal summasi;
- elektron pullar egasining bitta elektron qurilmasida saqlanayotgan elektron pullarning maksimal summasi;
- bir oy davomida elektron pullar egasi tomonidan amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasining yig‘indisi;
- bir oy davomida bank hisobvarag‘ining (kartasining) egasi tomonidan amalga oshiriladigan tranzaksiyalar summasining yig‘indisi;
- onlayn-mikroqarz limit miqdori.
Qanday holatlarda mijozga raqamli identifikasiyalash rad etilishi mumkin?
- mijoz va (yoki) mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya ichki nazorat qoidalariga muvofiq yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kirgan taqdirda;
- mijoz tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning haqiqiyligiga shubha tug‘ilganda;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi fotosuratning taqdim etilgan fotosurat va (yoki) videotasvir bilan mosligiga shubha mavjud bo‘lganda;
- mijozdan olingan ma'lumotlar markaziy ma'lumotlar bazasiga joylashtirilgan ma'lumotlarga mos kelmaganda yoki mos kelishini tekshirishning iloji bo‘lmaganda;
- fotosurat va (yoki) videotasvir ushbu Nizom talablariga mos kelmaganda;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha shubhalar