Mobil banking

Oxirgi yangilanish:  11 Fev 2021 11:51
10469
Mobil banking
15

Mobil banking – internet tarmog'i yordamida mobil telefon (smartfon) orqali bank xizmatlaridan foydalanishning zamonaviy usulidir.

Bu usul bank xizmatlaridan foydalanuvchilarga bank hisobvarag'ini masofadan boshqarish imkonini beradi va deyarli barcha internet-banking operatsiyalarini ta'minlaydi.

Mobil bankning yordamida mijoz quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • bank kartalarining (kredit, debet va hokazo) holatini kuzatish;
  • mobil va shahar telefon xizmatlari, internet-provayderlar, kommunal, kabel va raqamli televidenie xizmatlari uchun vositachilik haqlarisiz to'lovlarni amalga oshirish;
  • onlayn konversiya amaliyotlarni o'tkazish;
  • kartadan kartaga o'tkazmalarni amalga oshirish;
  • operatsiyalarning avtomatik ijrosini sozlash – hisobvaraq bo'yicha yoki muayyan sanalarda belgilangan to'lovlar;
  • pul mablag'larining bank hisobvarag'iga tushganligi haqida ma'lumot olish;
  • bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar haqida ma'lumotnoma olish;
  • onlayn-do'konlarda haridlarni amalga oshirish;22
  • kreditlarni so'ndirish, omonatlarga mablag' qo'shish;
  • kredit olish;
  • pul o'tkazmasini olish/yuborish;
  • YHXBB jarimalarini to'lash;
  • bank kartasini ochish;
  • bank kartasini bloklash va blokdan yechish;
  • bank kartasiga omonat bo'yicha foizlarni kirim qilish;
  • bank kartasining amal qilish muddatini uzaytirish;
  • mobil ilova orqali turli valyutalarda xalqaro pul o'tkazmalarini amalga oshirish.

Mobil bankingga ulanish

Mobil banking xizmatlaridan foydalanish uchun mijoz, avvalo bank hisobvarag'ini ochishi lozim, ya'ni karta hisobvarag'i ochiladi (bank kartasi). Buning uchun:

  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) bilan birga bankka tashrif buyurib (yoki masofadan) kerakli hujjatlarni to'ldirish;
  2. Internet orqali mobil telefonga (smartfonga) tegishli ilovani yuklab olish (kerakli ilovalar ko'pincha Google Play va App Store ilovalar do'konida mavjud).

Mobil ilovalar bank yoki to'lov tashkilotlari tomonidan taklif etilishi mumkin. Agar mobil ilova va bank kartasi bitta bankka tegishli bo'lsa, ushbu ilova orqali operatsiyalarni amalga oshirishda kichik vositachilik haqlaridan ozod bo'lish mumkin. Masalan, mablag'larni bir kartadan boshqa kartaga o'tkazish yoki naqd pul olish uchun komissiyalar mavjud. Umuman olganda, komissiya 1% dan oshmaydi.

Agar smartfonda ilova o'rnatilgan bo'lsa, faqatgina bank kartasi bilan ushbu ilovada avtorizatsiyadan o'tish kifoya, ya'ni ilovada bank kartasi haqida so'ralgan ma'lumotlarni unga kiritish lozim.

30

Avtorizatsiya qilish uchun, kartaning oldi tomonidagi ma'lumotlarni kiritish kerak (karta egasining ismi, kartaning individual raqami va kartaning amal qilish muddati). So'ngra bankning SMS-xabari orqali kelgan kod yordamida oshirilayotgan avtorizatsiyani tasdiqlash lozim. Shundan keyin, ilovaga kirish uchun parol (PIN kod) o'rnatish va uni eslab qolish muhim, telefon o'g'irlangan yoki yo'qolgan taqdirda mablag'larning xavfsizligi mazkur parol orqali ta'minlanadi.

Bir ilovada bir necha kartalarni ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Bu esa, ilovani o'zida bir kartadan boshqa kartaga osongina o'tish va kerakli karta bilan to'lovni amalga oshirish imkonini beradi.

Ilovadan qanday foydalanish kerak?

Har bir mobil bank ilovasining dizayni va menyusi har xil, ammo bu muammo emas, chunki ularni ishlatish juda oson. Menyu asosan foydalanuvchi istagan operatsiyalarga muvofiq bo'limlardan (o'tkazmalar, to'lovlar va hokazo) tashkil topgan. Birinchi o'rinda ilovaga kartaning ma'lumotlarini kiritish kerak, undan keyin to'lovlarni amalga oshirish mumkin.

Masalan, internet xizmati uchun to'lovni amalga oshirish kerak bo'lsa, taxminan quyidagi xarakatlarni amalga oshirish kerak:

29

Mobil banking orqali har qanday bank operatsiyasini amalga oshirishingiz bilanoq ilovada ro'yxatdan o'tkazilgan telefon raqamingizga amalga oshirilgan operatsiya haqida SMS-xabar yuboriladi.

Mobil banking afzalliklari:24

  • Mobil ilova orqali masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish;
  • Vaqtni tejash (operatsiyalarning tezkor ravishda amalga oshishi va to'lov uchun kassaga borish hojati yo'qligi);
  • Kuniga 24 soat ishlaydi.

Mobil banking kamchiliklari:23

  • Mobil telefonning o'g'irlanishi yoki yo'qolishi;
  • Hisobvaraq xavfsizligi darajasining pastligi.

Mobil telefon yo'qolsa yoki o'g'irlansa, birinchi o'rinda karta hisobvarag'i ochilgan bank filialiga murojaat qilib kartani bloklash zarur.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X