Kartadagi pulni firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  11 Fev 2021 12:02
3606
Kartadagi pulni firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin?
15

Firibgarlar nafaqat mobil telefon va hamyonlarni sezdirmay o'g'irlashi, balki bank kartalaridagi pulga noqonuniy egalik qilishi ham mumkin. Kartadagi pulni ulardan himoya qilish uchun ko'plab yo'llar va texnologiyalar ixtiro va tashkil qilingan. Firibgarning tuzog'iga tushmaslik uchun har doim beshta muhim xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.

08


Birinchi qoida. Parol va kodlaringizni hech kimga aytmang

Kartaning PIN-kodi, CVC-/CVV-kodi (Visa va Mastercard uchun kartaning old tarafidagi maxfiy kodi), amal qilish muddati va boshqa ma'lumotlarini hech kimga aytmang.

Misol uchun, agar Sizga bankning texnik qo'llab-quvvatlash xizmatidan yoki "Bank menejeri" qo'ng'iroq qilib kartangiz bloklanganligini aytib kartangiz ma'lumotlarini so'rasa ehtiyot bo'lishingiz kerak. Bank xodimi hech qachon kartaga bog'liq ma'lumotlarni so'ramaydi.

Xaridlar yoki hisobvaraq bo'yicha to'lovni amalga oshirganingizda kartangizni sotuvchi yoki ofitsiantning qo'liga bermang, hamda PIN-kodini ularga aytmang. Parolingizni kiritishda to'lov terminali yoki ATM bankomatlarida klaviaturasini har doim qo'lingiz bilan yopib turing. Bundan tashqari, nazorat kameralari Siz PIN kodingizni terayotgan jarayonni ko'rmayotganligiga ishonch hosil qiling. Bank kartangiz va bank veb-saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirish uchun murakkab parolni yarating.

Ikkinchi qoida. Bank kartangizga SMS-xabarnomasini ulang

09

Har doim hisob operatsiyalaringizni kuzatib boring. Barcha faol kartalaringiz bo'yicha SMS-xabarnoma xizmatini ulab qo'ying. Shunda har bir karta bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar haqida xabarnoma olasiz. Buning uchun Sizga xizmat ko'rsatuvchi bankomatlarda "SMS-xabarnoma"ni tanlab, mobil telefon raqamingizni kiritishingiz kerak.

MUHIM!!! "SMS-xabarnoma" xizmati pullik.

Uchinchi qoida. Antiviruslardan foydalaning

Antivirus dasturini Siz foydalanadigan barcha moslamalarga - kompyuteringiz, planshetingiz va mobil telefoningizga o'rnatish juda muhimdir. Antivirus dasturi firibgarlar pul o'g'irlash uchun foydalanadigan dasturlar va veb-saytlardan Sizni himoya qiladi.

Internetda funksiyalari cheklangan antivirus dasturlarining bepul versiyalarini topishingiz mumkin. Eng muhimi, ularni rasmiy ilovalar do'konlaridan yoki taniqli antivirus ishlab chiquvchilarning veb-saytlaridan yuklab olishdir.

To'rtinchi qoida. Ma'lumotni qayta tekshiring

Kartangizga bog'liq bo'lgan muammolarni (blokirovka, to'lovlar rad etilishi) qayta tekshiring. Buning uchun bankning ishonch telefoniga murojaat qiling. Telefon raqami har doim xizmat ko'rsatuvchi bankning rasmiy veb-saytida ko'rsatilgan.

Beshinchi qoida. Xavfsiz veb-saytlarni tanlang

Faqat tasdiqlangan veb-saytlarga kiring. Sizga SMS-xabarlar orqali yoki elektron pochtangizga noma'lum “xayrixoh”lardan kelgan internet havolalarga kirmang.

Veb-saytni qanday tekshirish mumkin?

10
  • firibgarlar taniqli rasmiy onlayn-do'konga o'xshash soxta veb-sayt yaratadilar. Soxta veb-saytning nomi bir nechta harfdan tashqari deyarli rasmiy veb-sayt bilan bir xil bo'ladi. Shuning uchun har doim brauzerning manzil satrini (veb-sayt manzili ko'rsatilgan qatorni) diqqat bilan tekshirishingiz kerak. Rasmiy va ishonchli veb-saytlar manzilini qo'lda tering yoki brauzerning saqlab qolish funksiyasini ishlating;
  • veb-sayt manziliga e'tibor bering. Xavfsiz sayt https:// bilan boshlanadi. Himoyalangan veb-sayt manzili satrning oxirida yopiq qulf  belgisi bo'ladi. Agar veb-sayt xavfsiz bo'lmasa, unga shaxsiy yoki kredit karta ma'lumotlarini kiritmaslik kerak.

Har qanday veb-saytga bank kartasi yoki pasport hamda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning ma'lumotlarini kiritishdan oldin, uni yaxshilab o'rganib va internetda foydalanuvchilar qoldirgan fikrlarni ko'rib chiqish kerak.

Oltinchi qoida. Xaridlar va xizmatlar to'lovi uchun faqat mobil qo'llanmangizni ishlating

12

Xaridlar qilish, bank veb-saytlariga yoki bank ilovalariga kirish uchun faqat o'zingizni shaxsiy kompyuteringiz, planshet va telefoningizdan foydalaning. Barcha mobil moslamalaringizga parollar qo'ying.

Agar bank mobil ilovasi o'rnatilgan, sms-xabarlari va parollari keladigan mobil telefoningizni yo'qotsangiz, darhol Sizga xizmat ko'rsatuvchi bankka xabar bering. SMS-xabarnoma funksiyasini va raqamga bog'langan bank xizmatlarini o'chirib qo'yishingiz kerak. Sizga xizmat ko'rsatayotgan bankning rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinetingizning login va parolini o'zgartirishingiz kerak.

Mobil telefon operatoringizdan raqamingizni qayta tiklaganingizda unga SMS-xabarnomalarni qayta ulashingiz mumkin.

Xalqaro to'lov tizimlari kartalaridan foydalanib internet orqali tovar/xizmatlarga to'lovlarni yoki pul o'tkazmalarni tekshiruvdan o'tgan veb-saytlardan amalga oshirish hamda 3D-Secure tizimi bilan himoyalangan internet do'konlarda to'lovlarni amlaga oshirish tavsiya etiladi.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X