Tadbirkorlikini endi boshlayotganlar uchun maslahatlar: tadbirkorlikni qanday qilib rejalashtirish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  9 Mar 2023 16:57
1139
Tadbirkorlikini endi boshlayotganlar uchun maslahatlar: tadbirkorlikni qanday qilib rejalashtirish mumkin?
15

Ko‘p odamlar o‘z tadbirkorliklarini boshlashni orzu qiladilar. Biroq, har qanday tadbirkorlik jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi. Orzuingizni ro‘yobga chiqarish uchun siz barcha xatarlarni (risklarni), mehnat qiyinchiliklarini va vaqt resurslarini baholashingiz, shuningdek, barcha majburiy xarajatlarni hisoblashingiz kerak. Agar siz o‘z tadbirkorlikingizni ochishga qaror qilgan bo‘lsangiz, ishni nimadan boshlash kerak?

Yo‘nalishni aniqlang

Birinchidan, nimani yaxshi tushunishingiz haqida o‘ylab ko‘ring – shunda siz yangi g‘oyalarga ega bo‘lishingiz va ehtimoliy xatolarning oldini olishingiz mumkin. Asosiysi, o‘zingizni va vaqtingizni bag‘ishlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlik sizni xursand qilishi kerak, bu sizning tadbirkorlikingiz foydasi uchun xizmat qiluvchi asosiy sabablaridan biridir.

Bozorni sinchkovlik bilan kuzatib boring, qaysi mahsulot yoki xizmatlar doimiy mijozlaringiz orasida mashhur bo‘lishini, raqobatchilar nimani taklif qilishini va o‘zingizning kuchli tomonlaringizni tahlil qiling. Shuni esda tuting: tovarlar yoki xizmatlarning arzonligi yagona afzallik bo‘lmasligi kerak – siz taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmatlarning sifati haqida ham unutmang.

Biznes reja tuzing

Biznes reja batafsil tuzilgan bo‘lishi va siz taqdim etayotgan xizmatlar bozori yoki siz ishlab chiqarishni va sotishni rejalashtirgan tovarlar tahlilini o‘z ichiga olishi kerak. O‘zingizning tadbirkorligingizning raqobatdosh ustunliklarini, qaysi reklama kanallaridan foydalanishingizni, kelgusida yuzaga keladigan xarajatlar va boshqa muhim ma'lumotlarni batafsil yozing.

Agar siz tadbirkorlikni endigina boshlayotgan bo‘lsangiz, ishingizga haqiqatta kattaroq joy ehtiyojini sezguningizgacha uyda ishlashni o‘ylab ko‘ring. Shunday qilib, siz binolar, mebellar va boshqa ko‘p narsalarning ijarasidan tejab qolasiz.

Boshlang‘ich kapitalni aniqlang

Tadbirkorligingizni yangi boshlaganingizda, kredit yoki qarz olishdan yiroqroq bo‘ling. Kichik bo‘lsa ham, o‘z kapitalingiz bilan boshlashga harakat qiling. Unutmang, tadbirkorlik muayyan xavflarni o‘z ichiga oladi. Agar boshlagan ishingiz o‘xshamasa, siz tadbirkorligingizni yopishingiz va kredit to‘lovlarini to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Kredit - bu katta mas'uliyat!

Muvaffaqiyatga oson va tez erishishga umid qilmang

Ko‘plab ishbilarmon tadbirkorlar o‘z bizneslarini boshlashlari bilanoq hamma narsa soat mexanizmiga o‘xshab yurib ketishi kerak deb o‘ylaydi: savdo boshlanadi, yetkazib beruvchilar jozibali takliflar bilan kelishadi, davlat idoralari bilan bog‘liq barcha muammolarni buxgalter yoki advokat hal qiladi va raqobatchilar bozordan jimgina g‘oyib bo‘ladi. Aslida esa umuman bunday emas, shuning uchun boshlang‘ich tadbirkor qiyinchiliklar va umidsizliklarga tayyor bo‘lishi kerak.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, negadir odamlar o‘z biznesini rivojlantirishga qattiq mehnat qilishdan ko‘ra kimningdir biznesida yuqori lavozimga erishish uchun ko‘proq harakat qilishga tayyor. Misol o‘zingiz hozirgi mavqeingizni egallash uchun qancha vaqt va kuch sarflaganingizni eslaysizmi? Universitetda o‘qish yillari va qo‘shimcha kurslar, amaliyotlar, jamoada ishlash va rahbarlar bilan muloqot qilish qoidalarini o‘rganish, kasbiy mahoratni doimiy ravishda oshirish va h.k. Shunday ekan nima uchun o‘z biznesiga ega bo‘lish insonga oson tuyuladi?

Axir tadbirkorda bitta o‘rniga kamida o‘nta xo‘jayin bo‘ladi: xaridorlar, mijozlar, davlat idoralari, yetkazib beruvchilar, bino egalari va boshqalar. Siz bu odamlar va tuzilmalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishingiz, ularning maqsadlari va ehtiyojlarini tushunishingiz va o‘z majburiyatlaringizni bajarishingiz kerak bo‘ladi. Shunday qilib, o‘z biznesingizni yuritish, kimdir uchun ishlashdan ko‘ra oson emas, chunki undagi qiyinchiliklar yollangan ishdagiga qaraganda boshqacha tartibda bo‘ladi.

 




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X