Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit olish uchun nimalarga e'tibor qaratish muxim!!!

Oxirgi yangilanish:  23 Iyun 2023 12:54
394
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit olish uchun nimalarga e'tibor qaratish muxim!!!
1
Birinchidan, maqsadingizni aniqlab oling.

Maqsadingiz nima tadbirkorlik qilishmi yoki birlamchi extiyojlarni qondirishmi?

Agar siz tadbirkorlik qilishni emas boshqa maqsadni ko‘zlagan bo‘lsangiz shu joyning o‘zida to‘xtating!!!

Ikkinchidan, biznes reja tuzing.

Biznes rejani bankdan kredit olish uchun emas, o‘zingizni tadbirkorligingizni rivojlantirish uchun biznes reja tuzing.

Uchinchidan, bank bilan kredit shartnoma imzolashdan oldin tayyorlangan kredit shartnoma hamda oyma oy qaytarish grafigi bilan tanishib chiqing.

Kredit qaytarish muddati va imtiyozli davrlari to‘g‘ri shakllantirilganmi?

To‘rtinchidan, “Marketpleys” (smart-market.uz) orqali ta'minotchi korxona bilan shartnoma imzolashda mahsulotning yoki xizmatning sifatli, arzon va qulayligiga e'tibor qarating.

Siz majbur emassiz aynan tumandagi yoki shu viloyatdagi bitta ta'minotchi korxona bilan shartnoma tuzishga siz erkin va mustaqil ravishda istalgan ta'minotchi korxona bilan elektron shartnoma tuzishga haqlisiz.

Beshinchidan, ta'minotchi korxona tomonidan shartnoma shartlari bo‘yicha mahsulot(xizmat)lar to‘liq va sifatli yetkazib berilganligiga e'tibor bering.

Agar sizga mahsulot(xizmat)lar to‘liq va sifatli yetkazib berilmagan bo‘lsa elektron hisob-fakturani rad etishingiz mumkin. Unutmang ajratilayotgan kredit summasini xudduki o‘zingiz ishlab topgandek xis qiling.

Kredit bu sovg‘a emas!!!

Har bir bosqichda xujjatlar elektron shaklda shakllantiriladi shu sababli elektron kalit (ERI)ni begona shaxslarga bermang!!!



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X