Elektron raqamli imzo nima va uni qanday olish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  4 Apr 2023 11:44
8326
Elektron raqamli imzo nima va uni qanday olish mumkin?
9

Hujjatni tasdiqlashning asosiy elementlaridan biri bu imzodir. Hujjatlarni raqamlashtirish bilan birgalikda elektron raqamli imzo (ERI) yaratildi. Bu an'anaviy imzoning muqobil varianti bo‘lib, elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun ishlatiladi. ERI vaqt va pulni sezilarli darajada tejaydi hamda ikki yil muddatga beriladi.

ERI davlat xizmatlarining barcha turlariga masofadan kirishni ta'minlaydi va hujjatlarning haqiqiyliga kafolat bo‘lib xizmat qiladi hamda qalbakilashtirishdan himoya qiladi.

ERI qanday olinadi?

ERIni uchta usulda olish mumkin:

  • davlat xizmatlari markazida;
  • masofadan (onlayn):
  • yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida[1];
  • Eri ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb- saytida - e-imzo.uz.

ERI ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb-saytida elektron imzo olish bo‘yicha ko‘rsatmalar[2]

ERI olishni istagan yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat soliq qo‘mitasi ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb-saytidagi davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin https://e-imzo.uz.

1-qadam

e-imzo.uz caytiga kiring va onlayn-arizani to‘ldiring.

Onlayn shaklda siz "yuridik shaxs" yoki "jismoniy shaxs" maqomlaridan birini tanlashingiz kerak.

Jismoniy shaxs tegishli oynada 14 xonali JShShIRni kiritadi.

Ma'lumot uchun: JShShIR - bu 14 ta raqamdan iborat va o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan yagona raqam. U pasportda ko‘rsatilgan va jinsiy indeks, tug‘ilgan sana, shahar kodi, fuqaroning seriya raqami, shuningdek, nazorat raqamini o‘z ichiga oladi.

2-qadam

Keyin mobil' telefon raqami kiritiladi, u arizachining nomidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Onlayn-arizani to‘ldirgandan so‘ng, ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabar shaklida tasdiqlash kodi yuboriladi. Siz ushbu kodni kiritishingiz hamda ariza va telefon raqamini tasdiqlashingiz kerak.

3-qadam

Keyin boshqa bir shakl paydo bo‘ladi. Bu yerda shaxsiy kalit va parol yaratiladi.

Ariza beruvchi pasport nusxasini va faylni – pasport sahifasi ochilgan fotosuratini ilova qilishi kerak.

Ma'lumot uchun: ilova qilingan fotosuratdagi arizachining tasviri aniq, ochiq fonda, to‘liq yuz ko‘rinishi va pasportning asosiy sahifasidagi matn tushunarli bo‘lishi kerak. Suratning hajmi 5 MB dan oshmasligi kerak.

Barcha maydonlarni to‘ldirgandan so‘ng, "pfx faylini yarating va davom eting" tugmasini bosing. Ushbu shaklda ko‘rsatilgan ERI kalitining parolini unutmang.

Shundan so‘ng, tizim kiritilgan ma'lumotlar asosida elektron anketa yaratadi. So‘rovnomani diqqat bilan o‘qing va agar rozi bo‘lsangiz, "so‘rov yuborish" tugmasini bosing.

Shu bilan onlayn arizani to‘ldirish bosqichi yakunlanadi.

Ma'lumot uchun: ERI berish uchun to‘lov jismoniy shaxslar uchun hisoblangan bazaviy qiymatning 7% va yuridik shaxslar uchun 10% ni tashkil qiladi. To‘lovni 8 soat ichida istalgan usulda amalga oshirish mumkin: Click, PayMe yoki Paynet orqali. Shundan so‘ng siz o‘zingizning arizangizni veb-saytda topishingiz va chop etishingiz mumkin.

Taqdim etilgan so‘rovnoma Davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan olinganidan keyin 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Onlayn ariza holatini qanday tekshirish mumkin?

Anketa holatini ko‘rish uchun https://e-imzo.uz veb-saytidagi "ilovani topish" yorlig‘iga o‘ting. ERI sertifikatini berishda ijobiy qaror qabul qilinganda, arizachiga ko‘rsatilgan mobil' telefonga SMS-xabar yuboriladi.

Ariza beruvchi "arizani topish" yorlig‘iga o‘tishi va elektron sertifikat olinganligini tasdiqlashi kerak. "Tasdiqlash" tugmachasini bosgandan so‘ng, arizachi ilgari ko‘rsatilgan diskdagi DSKEYS papkasida saqlanadigan shaxsiy kalit egasiga aylanadi. Endi ERI kalitidan barcha davlat va interaktiv xizmatlarda foydalanish mumkin.

Ariza ko‘rib chiqilayotgan paytda ma'lum bir sabablarga ko‘ra rad etilishi ham mumkin.

Elektron imzodan qanday foydalanish kerak?

Sertifikatni yuklab olib, kalitni saqlaganingizdan so‘ng, ERIdan foydalanib hamda kalit parolini kiritgan holda my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirishingiz kerak.

my.gov.uz veb-saytidan tashqari, ERI my.soliq.uz, stat.uz, faktura.soliq.uz, fo.birdarcha.uz, shop.uzex.uz va boshqa veb-saytlarida ham ishlatilishi mumkin.

ERIning mavjudligi davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkonini beradi. Xususan, jismoniy shaxslar ish haqini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma'lumotnomalarini, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani, pensiya va uning miqdori to‘g‘risidagi guvohnomalarni olishlari, bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish uchun elektron ariza berishlari, bojxona to‘lovlari bo‘yicha taqqoslama dalolatnomani olishlari va boshqa xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Biznesda korxonalarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar elektron raqamli imzodan foydalanishlari mumkin.


[1] Video-qo‘llanma: https://my.gov.uz/ru/pages/ecp-online?new=1

[2] Qo‘llanmani yuklab olish: https://dls.yt.uz/e-imzo/instruction_online_ecp_ru.pdf




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X