Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan “Butunjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida o‘qituvchilar orasida «Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring» tanlovi natijalari sarhisob qilindi
Markaziy bank tomonidan “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish va 5-11 sinf o‘quvchilarining moliyaviy va raqamli savodxonligini oshirishdir
Tanlovda hakamlar hay'ati tomonidan ta'lim darslarini baholash jarayonida quyidagi mezonlar inobatga olindi: o‘quv fanlariga moliyaviy savodxonlikning tarkibiy qismlarini joriy etish darajasi, darsni o‘tkazishga ijodiy yondashuv, darslarni o‘tkazishda “edutainment” formatidan foydalanganlik
“Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars ishlanmasi” tanlovi g‘oliblari:
- Izbaeva Dilfuza – Prezident maktabi, Farg‘ona shahri
- Maxmudova Gulmira – Prezident maktabi, Samarqand shahri
- Xasanova Sitora – 20-maktab, Buxoro shahri
G‘oliblarni tabriklaymiz! G‘oliblarni taqdirlash sanasi bo‘yicha ma'lumot har bir ishtirokchiga shaxsan e'lon qilinadi
Tanlovda ishtirok etganingiz uchun barchaga minnatdorchilik bildiramiz!
Finlit.uz bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring!
Ma'lumot uchun telefon: 71 212-73-58