Bugun 23-noyabr kuni Markaziy bankda “Noiqtisodiy yo‘nalishdagi OTM talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasida o‘qitilgan volontyorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda 56 nafar volontyor-talabalar Markaziy bank sertifikati hamda pul mukofotiga ega kobeydjing kartalari bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-tadbirlarini 3 yildan buyon o‘tkazib keladi.
Bu yilgi tadbirda volontyorlar soni 190 nafarga yetib, umumiy hisobda loyiha doirasida Respublika bo‘ylab noiqtisodiy OTMlarning 8 mingdan ortiq talabalari moliyaviy savodxonlik bilimlariga ega bo‘ldi.