Moliyaviy madaniyatni shakllantirish, "kibergigiyena"ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari tomonidan Respublikamizning chekka tumanlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan treninglar o‘tkazilishi boshlandi
Joriy yilning mart oyi davomida quyidagi tuman va shaharlarda o`tkazildi:
- Qoraqolpog`iston Respublikasi - Nukus shahri, Chimboy tumani
- Andijon viloyati - Marhamat tumani
- Buxoro viloyati - Buxoro shahri
- Jizzax viloyati - Forish tumani
- Qashqadaryo viloyati - Muborak tumani
- Navoiy viloyati - Navoiy shahri
- Namangan viloyati - Namangan tumani
- Surxondaryo viloyati - Sariosiyo tumani
- Sirdaryo viloyati - Shirin shahri
- Toshkent viloyati - Nurafshon shahri, O‘rta-Chirchiq tumani
- Xorazm viloyati - Urganch tumani
- Toshkent shahar - Mirobod tumani
Xususan, hududlarda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida 682 nafar yoshlar, 611 nafar xotin-qizlar, 40 nafar migrant va ularning oila a`zolari hamda 79 nafar mahalla faollari ishtirok etishdi
Kun tartibida aholini tadbirkorlikka jalb qilish, jumladan, o‘zini-o‘zi band qilishda yaratilgan mikromoliyaviy xizmatlarning imkoniyatlari, imtiyozli kreditlash dasturlari, ijobiy kredit tarixini shakllantirishda mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati bilan birgalikda aholida “kibergigiyena”ni shakllantirish, raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish mavzularga alohida e’tibor qaratildi