“O‘zbekiston fuqarolarining Buyuk Britaniyaga xavfsiz migratsiyasi” loyihasi doirasida Markaziy bank tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda mavsumiy bandlik dasturlari bo‘yicha ishga ketayotgan 150 nafar mehnat migrantlari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.
Ta’lim tadbirlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston va Buyuk Britaniyada moliyaviy savodxonlik, shuningdek, shaxsiy moliyani boshqarish bo‘yicha maxsus ta’lim dasturi va ixtisoslashtirilgan o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqildi.
Tadbir davomida chet eldan qaytgan migrantlar o‘z tadbirkorligini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarga, jumladan, o‘zini-o‘zi band qilishda yaratilgan mikromoliyaviy xizmatlar, imtiyozli kreditlash dasturlari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.