Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videoroliklar tanlovi g‘oliblari va volontyor – talaba yoshlar taqdirlandi

28.05.2024 18:06:41
222
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videoroliklar tanlovi g‘oliblari va volontyor – talaba yoshlar taqdirlandi

Markaziy bankda moliyaviy savodxonlik loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etgan faol yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar uchun "Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang" (Protect your money, secure your future) shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Tanlovning maqsadi yoshlarni raqamli moliyaviy savodxonlik va moliyaviy xavfsizlik masalalarini o‘rganishga undashdan iborat.

Shuningdek, Markaziy bank va uning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasini amalga oshirishda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlaridan faol ishtirok etgan volontyor - talaba yoshlar taqdirlandi va loyiha hamkorlari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildirildi

Volontyor - talaba yoshlarga Markaziy bank sertifikati hamda pul mukofotiga ega kobeydjing kartalari topshirildi, bu esa albatta yoshlarga bank xizmatlaridan kengroq foydalanish uchun o‘ziga xos motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

Barchaga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz!


Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videoroliklar tanlovi g‘oliblari va volontyor – talaba yoshlar taqdirlandi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videoroliklar tanlovi g‘oliblari va volontyor – talaba yoshlar taqdirlandi

Respublikaning 12 ta hududida raqamli moliyaviy savodxonlik va moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha  o‘quv tadbirlari o‘tkazildi

Respublikaning 12 ta hududida raqamli moliyaviy savodxonlik va moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha o‘quv tadbirlari o‘tkazildi

“Butunjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2024) doirasida yoshlar o‘rtasida “Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang” videoroliklar tanlovi yakunlandi

“Butunjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2024) doirasida yoshlar o‘rtasida “Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang” videoroliklar tanlovi yakunlandi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X