Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Markaziy bank moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda

6 Mar 2025 10:33
461
Markaziy bank moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda

Maktablarda ochiq darslar, mahorat darslari, o‘quvchilar o‘rtasida moliyaviy matematika testlari, o‘qituvchilar orasida "Eng yaxshi dars" tanlovlari shular jumlasidandir.

Markaziy banknig yangi tashabbuslaridan biri hisoblangan “Moliyaviy savodxonlik to‘garagi” loyihasi 2024-yildan respublika bo‘yicha 100 ta maktabda 5-11-sinflar uchun sinovdan o‘tkazilmoqda.

Loyiha doirasida Respublika ta'lim markazi bilan birgalikda kompleks o‘quv metodik materiallari ishlab chiqildi. O‘quv materiallari sinf guruhlari (5-7-sinf, 8-9-sinf, 10-11-sinf) kesimida o‘quvchilarning yoshiga doir o‘zlashtirish qobiliyatini inobatga olgan holda tuzildi.

Ular o‘z ichiga o‘quv qo‘llanma, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma va o‘quvchilar uchun mashq daftarini qamrab olgan.

To‘garak doirasida quyidagi muhim bilimlar beriladi:

  • omonat va kredit foizlarini hisoblash;
  • shaxsiy inflyasiya darajasini aniqlash;
  • bank kartalaridan xavfsiz foydalanish;
  • bank xizmatlarini tanlash va shartnomalarni tahlil qilish;
  • ijtimoiy injiniring va moliyaviy firibgarlikdan himoya.

Barcha o‘quv materiallari amaliy keyslar va hayotiy misollar bilan boyitilgan.

Loyiha tijorat banklari ko‘magida amalga oshirilmoqda.

To‘garak materiallarini olish uchun biz https://t.me/finlituzb bilan bog‘laning.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Markaziy bank moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda

Markaziy bank moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda

"Financial Literacy Levels in the Commonwealth of Independent States in 2021" OECD tadqiqoti

"Financial Literacy Levels in the Commonwealth of Independent States in 2021" OECD tadqiqoti

"Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan" IFC tadqiqoti

"Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan" IFC tadqiqoti



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X