Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

21 May 2025 17:17
1001
Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

Global Money Week 2025 — Butunjahon pul haftaligi doirasidagi tadbirlarimizni ulkan muvaffaqiyat bilan yakunladik. U butun mamlakat bo‘ylab 430 ta maktab va 105 ta oliy o‘quv yurtlarining  jami 30 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari, talaba‑yoshlar, o‘qituvchilar va boshqa ishtirokchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va mas’uliyatli pul boshqaruvi madaniyatini mustahkamlash maqsadida birlashtirdi.

Kampaniy doirasida quyidagi keng ko‘lamli ta’lim tadbirlari tashkil etildi:

  • maktablarda ochiq darslar: budjet yuritish, jamg‘arma qanday qilib amalga oshirilishi va bank kartalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha bilimlar.
  • banklarda ochiq eshiklar kuni: kreditlar, depozitlar va to‘lov tizimlari qanday ishlashini bevosita ko‘rish imkoniyati.
  • numizmatika muzeylariga ekskursiyalar: pulning qadimiy davrlardan hozirgi kungacha qanday rivojlanganini o‘rganish.
  • “Moliyav savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi o‘qituvchi” tanlovi: o‘qituvchilarda ilg‘or yondashuvlarni rivojlantirish.
  • “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi: mahalla darajasida moliyaviy bilimlar yetkazishga yo‘naltirilgan tashabbus.
  • Fintech Fest forumi: talabalar, yosh mutaxassislar va fintech kompaniya vakillarini raqamli moliya kelajagi haqidagi fikr almashinuvi.
  • “Moliyaviy bilimlar volontyorlari”: OTMlarning noiqtisodiy yo‘nalishdagi  talabalari uchun o‘z tengdoshlaridan o‘quv treninglar.
  • moliyaviy savodxonlik viktorinalari va tanlovlari: qiziqarli formatda moliyaviy tushunchalarni mustahkamlash. 
  • Global Money Week 2025 tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga, hamkorlarga (22 ta tijorat banki, Uzcard kompaniyasi, Respublika valyuta birjasi, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga) va volontyorlarga minnatdorchilik bildiramiz!

    Tadbirimizning eng iliq, yorqin va ilhomlantiruvchi lahzalarini jamlagan yakuniy videorolikni tomosha qiling!
    ▶️ https://youtu.be/CTxl-42rnI4


    Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

    Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

    Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

    Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

    Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

    Coding Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

    Coding Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!



    Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X