Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

3 Noy 2025 17:04
245
Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

Tashkilotchilar:

Finlit.uz hamda Omonatlarni kafolatlash agentligi

Maqsad:

Butunjahon jamg‘arish kuni munosabati bilan aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, mablag‘larni jamg‘arishning ahamiyatini targ‘ib qilish hamda bank omonatlarining kafolatlanganligini keng yoritish.

Tanlov muddati:

·                   Videolarni qabul qilish: 2025-yil 3-noyabrdan 3-yanvargacha (ushbu muddat davomida joylashtirilgan videoroliklar tanlovda ishtirok etadi);

·                   Natijalar e’lon qilinadi: 2025-yil 10-dekabr kuni.

Qatnashuvchilar:

O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Videorolik tayyorlash talablari:

-                     Davomiyligi 3 daqiqagacha bo‘lishi lozim;

-                     Video vertikal formatda va sifatli (kamida HD 1080p) bo‘lishi lozim.

Videorolik mavzulari:

1. “Har bir soʻm muhim” – jamgʻarishni boshlash uchun kichik qadamlardan boshlang;

2. “Bugundan jamgʻara boshlasam, ertam tinch boʻladi” – moliyaviy intizom va kelajak uchun rejalashtirish;

3. “Omonatlaringiz – ishonchli qoʻlda” – omonatlarni kafolatlash tizimi haqida qisqa tushuntirish;

4. “Farzandlarimizga moliyaviy tarbiya beraylik” – yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish;

5. “Orzularni jamgʻarish bilan amalga oshiring” – jamgʻarma maqsadlari va motivatsiya;

6. “Bankdagi omonatlar qanday himoyalangan?” – kafolat tizimi ishlash tamoyillari;

7. “Jamgʻarma – mustahkam kelajak poydevori” – shaxsiy masʼuliyat va moliyaviy barqarorlik;

8. “Omonat va ishonch” – bank tizimiga bo‘lgan ishonchning ahamiyati;

9. “Moliyaviy savodxonlik – hayot sifati kaliti” – kundalik hayotda pulni to‘g‘ri boshqarish;

10. “Jamgʻarish – bu odat, emas majburiyat” – foydali moliyaviy odatlarni shakllantirish.

Ushbu yoʻnalishlarga yaqin mavzular ham tanlanishi mumkin.

Qatnashish shartlari:

-                     Talablarga mos videorolik tayyorlash;

-                     Videoni Instagram tarmog‘iga reels shaklida joylashtirish;

-                     Quyidagi heshteglardan foydalanish:

-                     #jamgarma2025 #finlituzb #uzoka.uz

-                     @centralbankuzbekistan, @finlituzb va @uzoka.uz sahifalariga obuna bo‘lish va belgilash (tag qilish);

-                     Ishtirokchining Instagram sahifasi ochiq bo‘lishi kerak (tanlov natijalari e’lon qilingunga qadar).

-                     Barcha talablar bajarjan ishtirokchilarga qatnashish ID si beriladi (@finlituzb Instagram sahifasiga shaxsiy xabarlar orqali);

G‘oliblarni aniqlash mezonlari:

·                   Eng ko‘p layk to‘plagan video — Apple iPhone smartfoni bilan taqdirlanadi;

·                   Eng ko‘p ko‘rilgan video — Apple iPad planshetini qo‘lga kiritadi;

·                   Eng ko‘p qayta ulashilgan (repost qilingan) video — Apple Watch aqlli soatini yutib oladi.

Huquq va majburiyatlar:

-                     Tashkilotchilar ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videoroliklardan moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda qayta foydalanish huquqiga ega;

-                     Tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng, g‘oliblarga sovg‘alar topshiriladi va bu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda yoritiladi;

-                     Ishtirokchilar videoroliklarida uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmasliklari lozim.

-                     Ishtirokchilar joylashtirgan videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlaridan tanlov natijalari e’lon qilinmaguncha o‘chirib yubormasliklari kerak, agar o‘chirib yuborsalar tanlovdan chetlashtiriladi;

-                     Har bir ishtirokchi faqat bitta sovrin yutish imkoniyatiga ega (agar kimda-kim 2 ta yo‘nalishda g‘olib bo‘lsa, qiymati kattaroq sovg‘a qo‘yilgan yo‘nalish g‘olibi hisoblanadi);

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Ijodkorlik bilan yondoshing, ijtimoiy tarmoqlarni o‘z g‘oyalaringiz bilan yoritib, moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qiling!

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

Coding Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Coding Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X