Tashkilotchilar:
Finlit.uz hamda Omonatlarni kafolatlash agentligi
Maqsad:
Butunjahon jamg‘arish kuni munosabati bilan aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, mablag‘larni jamg‘arishning ahamiyatini targ‘ib qilish hamda bank omonatlarining kafolatlanganligini keng yoritish.
Tanlov muddati:
· Videolarni qabul qilish: 2025-yil 3-noyabrdan 3-yanvargacha (ushbu muddat davomida joylashtirilgan videoroliklar tanlovda ishtirok etadi);
· Natijalar e’lon qilinadi: 2025-yil 10-yanvar kuni.
Qatnashuvchilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Videorolik tayyorlash talablari:
- Davomiyligi 3 daqiqagacha bo‘lishi lozim;
- Video vertikal formatda va sifatli (kamida HD 1080p) bo‘lishi lozim.
Videorolik mavzulari:
1. “Har bir soʻm muhim” – jamgʻarishni boshlash uchun kichik qadamlardan boshlang;
2. “Bugundan jamgʻara boshlasam, ertam tinch boʻladi” – moliyaviy intizom va kelajak uchun rejalashtirish;
3. “Omonatlaringiz – ishonchli qoʻlda” – omonatlarni kafolatlash tizimi haqida qisqa tushuntirish;
4. “Farzandlarimizga moliyaviy tarbiya beraylik” – yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish;
5. “Orzularni jamgʻarish bilan amalga oshiring” – jamgʻarma maqsadlari va motivatsiya;
6. “Bankdagi omonatlar qanday himoyalangan?” – kafolat tizimi ishlash tamoyillari;
7. “Jamgʻarma – mustahkam kelajak poydevori” – shaxsiy masʼuliyat va moliyaviy barqarorlik;
8. “Omonat va ishonch” – bank tizimiga bo‘lgan ishonchning ahamiyati;
9. “Moliyaviy savodxonlik – hayot sifati kaliti” – kundalik hayotda pulni to‘g‘ri boshqarish;
10. “Jamgʻarish – bu odat, emas majburiyat” – foydali moliyaviy odatlarni shakllantirish.
Ushbu yoʻnalishlarga yaqin mavzular ham tanlanishi mumkin.
Qatnashish shartlari:
- Talablarga mos videorolik tayyorlash;
- Videoni Instagram tarmog‘iga reels shaklida joylashtirish;
- Quyidagi heshteglardan foydalanish:
- #jamgarma2025 #finlituzb #uzoka.uz
- @centralbankuzbekistan, @finlituzb va @uzoka.uz sahifalariga obuna bo‘lish va belgilash (tag qilish);
- Ishtirokchining Instagram sahifasi ochiq bo‘lishi kerak (tanlov natijalari e’lon qilingunga qadar).
- Barcha talablar bajarjan ishtirokchilarga qatnashish ID si beriladi (@finlituzb Instagram sahifasiga shaxsiy xabarlar orqali);
G‘oliblarni aniqlash mezonlari:
· Eng ko‘p layk to‘plagan video — Apple iPhone smartfoni bilan taqdirlanadi;
· Eng ko‘p ko‘rilgan video — Apple iPad planshetini qo‘lga kiritadi;
· Eng ko‘p qayta ulashilgan (repost qilingan) video — Apple Watch aqlli soatini yutib oladi.
Huquq va majburiyatlar:
- Tashkilotchilar ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videoroliklardan moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda qayta foydalanish huquqiga ega;
- Tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng, g‘oliblarga sovg‘alar topshiriladi va bu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda yoritiladi;
- Ishtirokchilar videoroliklarida uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmasliklari lozim.
- Ishtirokchilar joylashtirgan videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlaridan tanlov natijalari e’lon qilinmaguncha o‘chirib yubormasliklari kerak, agar o‘chirib yuborsalar tanlovdan chetlashtiriladi;
- Har bir ishtirokchi faqat bitta sovrin yutish imkoniyatiga ega (agar kimda-kim 2 ta yo‘nalishda g‘olib bo‘lsa, qiymati kattaroq sovg‘a qo‘yilgan yo‘nalish g‘olibi hisoblanadi);
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Ijodkorlik bilan yondoshing, ijtimoiy tarmoqlarni o‘z g‘oyalaringiz bilan yoritib, moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qiling!