Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Markaziy bank oromgohlarda bolalarning moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasini yo‘lga qo‘ydi

7 Iyul 2020 10:49
992
Markaziy bank oromgohlarda bolalarning moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasini yo‘lga qo‘ydi

Bolalar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar doirasida Markaziy bank bolalar oromgohlarida o‘yin ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari surmoqda.

02

Jumladan, joriy yilning 3 iyulida Markaziy bankda bolalar oromgohlari tarbiyachilari uchun trening-mashg‘ulotlari tashkil etilib, unda ishtirokchilarga ikki asosiy yo‘nalish - o‘yin ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlari va moliyaviy savodxonlik elementlari yordamida jismoniy mashqlarni bajarish dasturi taqdim etildi.

12

05

10

2-7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlar “pul nima”, “daromad va xarajatlar”, “oila budjeti”, “shaxsiy jamg‘armalar”, “kreditlash”, “sug‘urta”, “risklar va moliyaviy xavfsizlik”, “bank kartasi” kabi mavzularni qamrab oldi.

13

Markaziy bank tomonidan mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun tayyorlangan bannerlar, plakatlar va interfaol to‘plamlar shaklidagi uslubiy qo‘llanma taqdim etildi. Ommabop tilda bayon etilgan uslubiy qo‘llanma tadbir ishtirokchilariga (tarbiyachilar) moliyaviy bilimlarni o‘yinlar shaklida bolalarga yetkazish imkonini beradi.

11

08

Markaziy bank ushbu loyihaga qiziqish bildirgan tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi. Savol va takliflar yuzasidan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 212-73-56.

03


Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

Coding Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Coding Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X