"Umumjahon pul haftaligi" (Global Money Week) doirasida tashkil etilgan Markaziy bank tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi»!
"Jahon pul haftaligi" (Global Money Week) doirasida 2020 yilning 7 iyul kuni yoshlar, OAV va blogerlar uchun Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan uchta tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar diplom, mukofot va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tanlovlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining moliyaviy savodxonlik darajasini yoshlarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, bosma va internet ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi axborot-ma'rifiy nashrlar soni va sifatini oshirish orqali kutarishdir. Ishtirok uchun barchaga rahmat!
Erkenova Dinora – OAV vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning “Bosma va internet OAVdagi eng yaxshi maqola” nominatsiyasi g‘olibi.
Isxakov Diyor-Ilxom – yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan videorolik tayyorlash tanlovining “Kredit tarixi nima?” nominatsiyasi g‘olibi.
Allamberganov Umidjon - OAV vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning “Eng yaxshi televizion dasturi” nominatsiyasi g‘olibi.
Jumaev Sherzod – yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan videorolik tayyorlash tanlovining “Bank kartasi - qulaydir” nominatsiyasi g‘olibi.
Maxmudov Muxammad - ijtimoiy tarmoq blogerlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning “Eng yaxshi vizual ko‘rinishda tasvirlangan mavzu va tushuncha” nominatsiyasi g‘olibi.
Usmanov Baxtiyor – OAV vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning “Eng yaxshi radio loyiha” nominatsiyasi g‘olibi.