Videoroliklar tanlovi 5 aprelgacha davom etadi

23.03.2021 19:27:47
127
Videoroliklar tanlovi 5 aprelgacha davom etadi

Ko‘plab talablarga binoan, “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) doirasida yoshlar uchun o‘tkazilayotgan “O‘zingni asra. Pullaringni asra” videoroliklar tanlovi muddatini uzaytiramiz!

Endi siz moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videorolikingizni joriy yil 5 aprelga qadar yuborishingiz mumkin!

Hali bu haqda eshitmaganlar uchun – quyidagi mavzulardan birida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videorolik yaratish/ suratga olish/ o‘ylab topish imkoniyati mavjud:

  • “Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish”
  • “Raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish”

Eslatib o‘tamiz, g‘olib bo‘lish uchun quyidagilarni bajarish zarur:

  1. Mavzulardan biri bo‘yicha videorolik suratga olish (1 daqiqagacha)
  2. Havola orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish
  3. Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuborish (xat mavzusini “Global Money Week tanlovi” deb nomlagan holda)
  4. Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib borish

Eng yaxshi ijodiy ish egalari Markaziy bank tomonidan taqdim etiladigan quyidagi sovg‘alarni qo‘lga kiritadilar:

  • 1-o‘rin: elektron kitob
  • 2-o‘rin: smart soat
  • 3-o‘rin: hard disk

Yoshlar uchun “O‘zingni asra. Pullaringni asra” videoroliklar tanlovi qoidalari

Yoshlar uchun “O‘zingni asra. Pullaringni asra” videoroliklar tanlovida ishtirok etish uchun ariza shakli

Savollar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 71 212-73-56

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz

O‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalarini  e'lon qilamiz

O‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalarini e'lon qilamiz



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X