Ko‘plab talablarga binoan, “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) doirasida yoshlar uchun o‘tkazilayotgan “O‘zingni asra. Pullaringni asra” videoroliklar tanlovi muddatini uzaytiramiz!
Endi siz moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videorolikingizni joriy yil 5 aprelga qadar yuborishingiz mumkin!
Hali bu haqda eshitmaganlar uchun – quyidagi mavzulardan birida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videorolik yaratish/ suratga olish/ o‘ylab topish imkoniyati mavjud:
- “Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish”
- “Raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish”
Eslatib o‘tamiz, g‘olib bo‘lish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
- Mavzulardan biri bo‘yicha videorolik suratga olish (1 daqiqagacha)
- Havola orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish
- Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuborish (xat mavzusini “Global Money Week tanlovi” deb nomlagan holda)
- Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib borish
Eng yaxshi ijodiy ish egalari Markaziy bank tomonidan taqdim etiladigan quyidagi sovg‘alarni qo‘lga kiritadilar:
- 1-o‘rin: elektron kitob
- 2-o‘rin: smart soat
- 3-o‘rin: hard disk
Yoshlar uchun “O‘zingni asra. Pullaringni asra” videoroliklar tanlovi qoidalari
Savollar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 71 212-73-56