Raqamli moliyaviy savodxonlik va uning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Bu soha bir joyda to‘xtab qolmagan – bugun biz bank va to‘lov tashkilotlari ilovalaridan foydalanmoqdamiz, elektron hamyonlar ochib, elektron pullar bilan amaliyotlar bajarib kelmoqdamiz. Bu borada, raqamli moliyaviy xizmatlardan to‘g‘ri foydalanishni bilish va moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslik muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Bank, to‘lov tashkilotlari va IT-park bilan birgalikda oliy o‘quv yurti talabalarini “O‘zingni va pullaringni asra” mavzusidagi raqamli moliyaviy savodxonlik bo‘yicha vebinarga taklif etadi.
Vebinarda qanday mavzular yoritiladi?
- Qanday qilib shaxsiy moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash va moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanmaslik mumkin?
- Elektron pullar iqtisodiyotida moliyaviy savodxonlikning tutgan o‘rni qanday?
- Hozirda qanday zamonaviy raqamli moliyaviy texnologiyalar mavjud?
- Raqamli moliyaviy savodxonlik nima va uning hayotimizda ahamiyati
Vebinar 7-aprel kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi!
Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi (havola).
Vebinar havolasi ro‘yxatdan o‘tgan har bir ishtirokchining o‘zi ko‘rsatgan elektron pochta manziliga yuboriladi.
Muhim va foydali maslahatlar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!