Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keyslarni hal qilish yuzasidan musobaqa boshlangani bilan keys-chempionat jamoalarini tabriklaymiz! Birinchi keysni boshlaymiz! Sizni jamoaviy ish, tadqiqotlar va muhokamalarga boy qiziqarli hafta kutmoqda.
Siz hal qilishingiz kerak bo‘lgan birinchi keys haqida qisqacha:
Moliyaviy xavfsizlik – moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishning asosiy qoidalaridan biridir. Moliyaviy yordam ko‘rsatish oqibatlari haqida o‘ylaganmisiz? Bank mahsulotlariga oid amaldagi qonunchilikni bilasizmi? Keys doirasida moliyaviy xavfsizlik asoslarini o‘rganish orqali ma'lum bir shaxsning vaziyatini ko‘rib chiqishingiz kerak bo‘ladi.
Vazifani muvaffaqiyatli bajarishingiz uchun keys-chempionat bo‘yicha eng foydali ma'lumotlar quyidagi havolada to‘plangan:
- Keysga javob topish ketma-ketligi, yordamida vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish mumkin.
- Keys javoblarini baholash mezonlarining batafsil tavsifi, hakamlar hay'atining birinchi navbatda nimalarga e'tibor qaratishini izohlab beradi. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajarishingizga yordam beradi.
- Javoblar yuborish uchun ko‘rsatmalar.
Keys bo‘yicha javob shakli ga asosan yechim joriy yilning 18 apreliga qadar yuborilishi lozim.
Barchaga omad tilaymiz!