"Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha chempionat" g‘oliblarini tabriklaymiz!

13.04.2021 12:40:48
420
"Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha chempionat" g‘oliblarini tabriklaymiz!

Chempionat qiziqarli va hayajonga boy musobaqa bo‘ldi! Finalga chiqqan ikki jamoa «Money Guards» va «FinLeaders» moliyaviy savodxonlik bo‘yicha debatda uch bosqichda kuch sinashdi.

Debat davomida qanday mavzular yoritildi?

  1. Kriptovalyuta bozori mamlakatda rivojlantirilishi lozim;
  2. Fuqarolarning banklarga bo‘lgan ishonchini oshirishning yagona yo‘li bu moliyaviy xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qiladigan qonun hujjatidadir;
  3. Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish uchun aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish zarur.

Chempionat finali natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni «Money Guards» jamoasi ishtirokchilari egalladi:

  • Shodiyor Xayitov (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti)
  • Muxammadaziz Muqimov (Toshkent moliya instituti)
  • Shaxmardan Toyanbaev (O‘zbekiston Milliy universiteti)

2-o‘rinni «FinLeaders» jamoasi ishtirokchilari egalladi:

  • Dauranbek Abdiganiev (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti))
  • Shahboz Obidov (Toshkent moliya instituti)

Talabalar qiziqarli taqdimotlar bilan chiqish qildi va mavzu doirasida o‘z pozisiyasi bo‘yicha bahs olib borib, fikr va mulohazalarini himoya qildi.

Interaktiv formatdagi debat ishtirokchilarga nafaqat birinchi o‘rin uchun raqobatlashishga, balki Markaziy Bank rahbarlaridan muhim va dolzarb ma'lumotlarni olish uchun imkon yaratdi!

G‘oliblarni tabriklaymiz!


Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Yangi multiplikator loyiha orqali maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

Yangi multiplikator loyiha orqali maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilariga o‘zlarining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishlari uchun ajoyib imkoniyat

14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilariga o‘zlarining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishlari uchun ajoyib imkoniyat

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X