Markaziy bank oliy o‘quv yurtlari 1-3 kurs talabalarini moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadada ishtirok etishga taklif etadi
Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- I bosqich: saralash bosqichi
- II bosqich: respublika bosqichi
Saralash bosqichida bank xizmatlari va mahsulotlari, moliya, sug‘urta hamda investitsiya mavzulari bo‘yicha nazariy va mantiqiy savollar yordamida talabalarning bilimlari sinovdan o‘tkaziladi
Olimpiadaning saralash bosqichi joriy yil 30 aprelь kuni masofaviy formatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi
Ishtirokchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur:
Olimpiadada ishtirok etish - bu qimmatli tajriba, o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyati, yangi bilimlar va qiziqarli tanishuvlar
Olimpiada g‘oliblari diplom va mukofot puli bilan taqdirlanishadiO‘qish bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish uchun mukofot puli miqdori:
- 1 o‘rin – 7,0 mln.so‘m;
- 2 o‘rin – 5,0 mln.so‘m;
- 3 o‘rin – 3,5 mln.so‘m.
Markaziy bank tomonidan Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadani
o‘tkazish qoidalari
Moliyaviy savodxonligingizni Finlit.uz bilan oshiring!