Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiada

27.04.2021 15:41:40
353
Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiada
Markaziy bank oliy o‘quv yurtlari 1-3 kurs talabalarini moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadada ishtirok etishga taklif etadi

Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • I bosqich: saralash bosqichi
  • II bosqich: respublika bosqichi

Saralash bosqichida bank xizmatlari va mahsulotlari, moliya, sug‘urta hamda investitsiya mavzulari bo‘yicha nazariy va mantiqiy savollar yordamida talabalarning bilimlari sinovdan o‘tkaziladi

Olimpiadaning saralash bosqichi joriy yil 30 aprelь kuni masofaviy formatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi

Ishtirokchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur:

Olimpiadada ishtirok etish - bu qimmatli tajriba, o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyati, yangi bilimlar va qiziqarli tanishuvlar

Olimpiada g‘oliblari diplom va mukofot puli bilan taqdirlanishadi

O‘qish bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish uchun mukofot puli miqdori:

  • 1 o‘rin – 7,0 mln.so‘m;
  • 2 o‘rin – 5,0 mln.so‘m;
  • 3 o‘rin – 3,5 mln.so‘m.

Markaziy bank tomonidan Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadani o‘tkazish qoidalari

Moliyaviy savodxonligingizni Finlit.uz bilan oshiring!

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilariga o‘zlarining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishlari uchun ajoyib imkoniyat

14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilariga o‘zlarining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishlari uchun ajoyib imkoniyat

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika  bosqichi o‘tkazilmoqda

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X