Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning saralash bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi
Joriy yil 30 aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining onlayn olimpiadalar platformasida masofaviy formatda oliy o‘quv yurtlari 1-3 bosqich talabalari o‘rtasida Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
Saralash bosqichi test shaklida o‘tkazildi
Ishtirokchilar bank mahsulotlari va xizmatlari, moliyaviy xavfsizlik, valyuta kursi, pul-kredit siyosati, sug‘urta, soliq hamda investisiya sohalari bo‘yicha moliyaviy matematika elementlarini o‘z ichiga olgan 20 ta nazariy va amaliy yo‘nalishdagi savollarga javob berishlari lozim edi
Saralash bosqichida ishtirok etish uchun Respublikamizning 14 ta hududlari bo‘yicha 91 ta oliy ta'lim muassasalaridan 1 500 dan ortiq talaba ro‘yxatdan o‘tishdi. Saralash bosqichi natijalariga ko‘ra 665 nafar talaba ishtirok etdi va ulardan 53 nafari Respublika bosqichida ishtirok etishga yo‘llanma oldi
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadaning Respublika bosqichi ishtirokchilari ro‘yxatini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin
Final bosqichi ishtirokchilari diqqatiga! Olimpiadaning Respublika bosqichini o‘tkazish bo‘yicha ma'lumotlar Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha rasmiy ( @finlituzb) telegram-kanalida qo‘shimcha ravishda e'lon qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlarda finlituzb sahifalarini kuzatib boring!
Ishtirokingiz uchun barchangizga rahmat!