Chakana savdo kompaniyalari uchun “Birgalikda raqamli moliyaviy savodxonlikni oshiramiz” treningi

05.05.2021 16:51:28
334
Chakana savdo kompaniyalari uchun “Birgalikda raqamli moliyaviy savodxonlikni oshiramiz” treningi

Joriy yil 4 may kuni Markaziy bank tomonidan “OSON”, “CLICK”, “Payme” kompaniyalari, shuningdek “Humo” to‘lov tizimi bilan birgalikda “Korzinka”, “Makro”, “Redtag”, “Indenim” chakana savdo kompaniyalari xodimlari uchun raqamli moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv-amaliy trening o‘tkazildi.

Ushbu tadbirdan asosiy maqsad – kontaktsiz to‘lovlarning ishlash tamoyillari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berish orqali xodimlar moliyaviy savodxonligini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida moliyaviy madaniyatni shakllantirishdan iborat.

Trening jarayonida to‘lov tashkilotlari ekspertlari tomonidan biznes-qarorlarning funksional imkoniyatlari hamda raqamli moliyaviy mahsulot va xizmatlar mohiyati batafsil yoritib berildi. To‘lov jarayonidagi xatoliklar va mijozga pullarini qaytarish tartibiga alohida e'tibor qaratildi va bevosita kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishda mijozlarning moliyaviy xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir interaktiv shaklda olib borildi – ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda raqamli moliyaviy texnologiyalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirishdi.

Quyida trening ma'ruzachilarining taqdimotlari keltirilgan:

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Navoiy viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Navoiy viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Jizzax viloyati

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Jizzax viloyati



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X