O‘qituvchilar uchun o‘tkazilgan “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars” tanlovi bo‘yicha natijalar aniqlandi.
Tanlov maktablarda “Moliyaviy savodxonlik oyligi” ta'lim loyihasi doirasida o‘tkazildi hamda pedagoglarning moliyaviy madaniyatini va maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Hakamlar hay'ati tanlov uchun taqdim etilgan ishlarni quyidagi mezonlarga asoslangan holda baholashdi: o‘quv fanlariga moliyaviy savodxonlik elementlarini kiritish darajasi, dars jarayonini olib borishda ijodiy yondashuv, o‘quvchilar bilan interaktiv shaklda dars olib borilganligi, shuningdek, qo‘shimcha materiallardan foydalanish.
“Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars” tanlovi g‘oliblari:
- Narbaeva Nargiza - 97- sonli maktab o‘qituvchisi
- Usmanova Kamola - 97 - sonli maktab o‘qituvchisi
- Irgasheva Nazokat –288 - sonli maktab o‘qituvchisi
17 nafar tijorat banklari tomonidan butun Respublika bo‘yicha shunday ta'lim loyihalari o‘tkazildi hamda 120 dan ortiq umumta'lim maktablarida “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars” tanlovi tashkil etildi.
G‘oliblarni tabriklaymiz! Taqdirlash sanasi har bir g‘olib o‘qituvchiga shaxsan ma'lum qilinadi.
Barchaga tanlovda ishtiroklari uchun tashakkur bildiramiz!
Moliyaviy savodxonligingizni Finlit.uz bilan birgalikda oshiring