Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

24.05.2021 17:12:46
681
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Markaziy bank tomonidan oliy o‘quv yurtlari 1-3 bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Joriy yil 22 may kuni Respublikamizning barcha viloyatlarida Markaziy bank tomonidan talabalar uchun o‘tkazilgan Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiada ikki bosqichda: saralash va respublika bosqichlarida o‘tkazildi.

Olimpiadaning saralash bosqichi masofaviy formatda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining onlayn olimpiadalar platformasida bank xizmatlari va mahsulotlari, moliya, sug‘urta va investisiya mavzularidagi 20 ta nazariy va mantiqiy savollarni o‘z ichiga olgan test sinovi shaklida bo‘lib o‘tdi.

Saralash bosqichida ishtirok etish uchun Respublika bo‘ylab 14 ta hudud bo‘yicha 91 ta oliy o‘quv yurtlaridan umumiy 1 500 nafar talaba ro‘yxatdan o‘tdi. Saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, 53 nafar talaba Respublika bosiqichida ishtirok etishga yo‘llanma oldi.

Olimpiadaning Respublika bosqichi Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalarida talabalarning shaxsan ishtiroki orqali bo‘lib o‘tdi. Belgilangan vaqt mobaynida ishtirokchilar tomonidan quyidagi mavzularda 5 ta vazifalar bajarildi:

  • moliyaviy savodxonlik mohiyati
  • xaridlar bo‘yicha rasional qaror qabul qilish
  • moliyaviy maqsadlar
  • kredit olishda mas'uliyatli yondashuv
  • makroiqtisodiyot

Respublika bosqichi natijalariga ko‘ra Olimpiada sovrindorlari quyidagilar:

  • 1 o‘rin: Mahmudov Shohrux Pulat o‘g‘li – Samarqand shahri
  • 2 o‘rin: Raxmatov Anvarjon Ahmad o‘g‘li – Toshkent shahri
  • Z o‘rin: Maxmudov Farrux Pulat o‘g‘li – Toshkent shahri

G‘oliblarni tabriklaymiz! Taqdirlash sanasi har bir sovrindor ishtirokchiga shaxsan ma'lum qilinadi.

Barchaga ishtirokingiz uchun rahmat!

Moliyaviy savodxonligingizni Finlit.uzbilan birgalikda oshiring

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Yangi multiplikator loyiha orqali maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

Yangi multiplikator loyiha orqali maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilariga o‘zlarining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishlari uchun ajoyib imkoniyat

14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilariga o‘zlarining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishlari uchun ajoyib imkoniyat

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X