Endilikda «finlit.uz» mobil qurilmangizda!

04.08.2021 09:58:49
941
Endilikda «finlit.uz» mobil qurilmangizda!
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mobil ilovani Android va iOS tizimlari foydalanuvchilari uchun ishga tushirdi

Mobil ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy savodxonlik bo‘yicha finlit.uz rasmiy saytiga qo‘shimcha bo‘lib, axborot-ta'lim veb-saytining barcha ma'lumotlar va interaktiv xizmatlarini o‘zida aks etadi

Qiziqarli maqolalar, ko‘p beriladigan savollarga javoblar, o‘quv video materiallari, qiziqarli loyihalar, interaktiv xizmatlar, glossariy, foto galereya va yanada ko‘proq ma'lumotlar endi mobil qurilmangizda mavjud

«finlit.uz» mobil ilovasi yordamida foydalanuvchilar qulay interfeysda quyidagi ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • kreditlash, omonatlar, byudjetni yuritish, moliya bozori va boshqa ko‘plab mavzulardagi qiziqarli o‘quv materiallari bilan tanishish;
  • kredit va depozit kal'kulyatorlari yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • moliyaviy savodxonlik veb-saytidagi yangiliklar haqida avtomatik ravishda xabarnomalar olish;
  • finlit.uz veb-saytida joylashtirilgan barcha axborot bazasidan ma'lumotlarni izlash;
  • so‘rov va anketa so‘rovnomalaridan o‘tish va hokazo
  • foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, «finlit.uz» ilovasi sozlamalarida qulay bo‘lgan til – rus yoki o‘zbek (kirill va lotin) tillarini tanlash imkoniyati mavjud

Android uchun ilovani yuklab oling

iOS uchun ilovani yuklab oling

#moliyaviysavodxonlik

@finlituzb bilan moliyaviy savodxonligingizni birgalikda oshiring

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi

Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi

Finlit.uz jamoasi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlab qiziqarli videorolik tayyorladi.

Finlit.uz jamoasi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlab qiziqarli videorolik tayyorladi.

“Noiqtisodiy yo‘nalishdagi OTM talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasida o‘qitilgan volontyorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“Noiqtisodiy yo‘nalishdagi OTM talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasida o‘qitilgan volontyorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X