Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Keys-chempionatning to‘qqizinchi turi
Bellashuvni davom ettiramiz!
Oldinda sizni to‘qqizinchi keysga yechim topish va bir hafta mobaynida qiziqarli jamoaviy ish kutmoqda
Yechim topishingiz lozim bo‘lgan to‘qqizinchi keys to‘g‘risida qisqacha ma'lumot:
Ushbu keys topshirig‘ida sizga 7 turdagi moliyaviy qaror qabul qilish zarur bo‘lgan qaltis vaziyatlar keltirilgan. Ishtirokchi jamoalarning vazifasi – tavsiflangan vaziyatlardan qaysi biri moliyaviy firibgarlikni o‘zida aks ettiradi hamda keys qahramonlariga to‘g‘ri qaror qabul qilishda asoslangan tavsiyalar berishdan iborat.
Real hayotiy tajribaga asoslangan turli vaziyatlarni moliyaviy xavfsizlik nuqtai nazaridan baholang va o‘z xulosalaringizni taqdim eting.
Keysni o‘rganing va kreativlik bilan yondashing!
Keys bo‘yicha javoblarni joriy yil 22 sentyabrga qadar konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi
Hozirda sakkizinchi keys bo‘yicha ishtirokchilarning javoblari ko‘rib chiqilmoqda
To‘plangan ballar bo‘yicha turnir jadvali bilan bu yerda tanishishingiz mumkin
Barchaga omad tilaymiz!