Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keys-chempionat o‘ninchi turi
Bellashuvni davom ettiramiz!
Oldinda sizni o‘ninchi keysga yechim topish va bir hafta mobaynida qiziqarli jamoaviy ish kutmoqda
Yechim topishingiz lozim bo‘lgan o‘ninchi keys haqida qisqacha ma'lumot:
Tijorat banklari uchun omonatlar passiv operatsiyalarining asosiy turi bo‘lib, aktiv kredit operatsiyalarini o‘tkazish uchun asosiy resurs hisoblanadi. Omonatchilar uchun omonatlar potensial daromad manbaidir: bir tomondan, depozit pul sifatida, ikkinchi tomondan, foiz shaklida daromad keltiradigan kapital sifatida ishlaydi. Depozit operatsiyalari omonatchilar va banklar uchun foydalidir. Savollarga javob bering va insonlarning jamg‘arma madaniyatini shakllantirish vositalarini ishlab chiqing
Keysni o‘rganing va kreativ fikrlashni namoyon eting!
Keys bo‘yicha javoblarni joriy yil joriy yilning 29-sentyabriga qadar konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi
Oldingi keyslar bo‘yicha yuborilgan javoblar hozirda ko‘rib chiqilmoqda.
Keyslarga yechim topish bo‘yicha qo‘shimcha materiallar bu yerda
Barchaga omad tilaymiz!