Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keys-chempionat o‘n birinchi turi
Bellashuvni davom ettiramiz!
Oldinda sizni o‘n birinchi keysga yechim topish va bir hafta mobaynida qiziqarli jamoaviy ish kutmoqda
Yechim topishingiz lozim bo‘lgan o‘n birinchi keys haqida qisqacha ma'lumot:
Markaziy bank asosiy stavkasi - pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog‘liq. Shunday qilib, asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi va biznesning iste'mol va investision (sarmoya kiritish) qarorlariga ta'sir ko‘rsatgan holda ichki talab va inflyasiya darajasi o‘zgarishida ahamiyat kasb etadi.
O‘zgarishlar dinamikasini tahlil qiling, savollarga javob bering va Markaziy bankning asosiy stavkasining turli yo‘nalishlarga ta'sirini ko‘rib chiqing.
Keysni o‘rganing va kreativ fikrlashni namoyon eting!
Keys bo‘yicha javoblarni joriy yil joriy yilning 8-oktyabriga qadar konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi
Oldingi keyslar bo‘yicha yuborilgan javoblar hozirda ko‘rib chiqilmoqda.
Barchaga omad tilaymiz!