Markaziy bank “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi

08.10.2021 15:57:22
535
Markaziy bank “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi
Markaziy bank “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida yoshlar o‘rtasida “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi

Siz yoshingiz 7 va 25 yosh orasidami? Siz video suratga olishni yoqtirasiz va ishlaringiz maksimal darajada hamma uchun foydali bo‘lishini xohlaysizmi? Siz pul yig‘ishni bilasizmi va bank omonatlari to‘g‘risida barchasini bilasizmi?

Markaziy bankning yoshlar o‘rtasida “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida o‘tkazilayotgan videoroliklar tanlovida ishtirok eting. Aynan nima sababdan ushbu investision vosita eng xavfsiz va daromadli ekanligining barchaga yetkazing!

Tanlov ikkita yosh kategoriyasi bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • 1 kategoriya – 7-14 yosh
  • 2 kategoriya – 15-25 yosh

Demak, g‘olib bo‘lish uchun:

“Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida 1 daqiqagacha bo‘lgan joriy yil 26 oktyabrga qadar informativ videorolik suratga olish  ushbu havola  orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuborish (elektron pochta mavzusida “WSD videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart)

Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib borish zarur

Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:

  • 1 o‘rin – smartfon
  • 2 o‘rin – smart soat
  • 3 o‘rin – Markaziy bankning kumush tangasi

“Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovi Qoidalari

Sizdan qiziqarli ijodiy ishlarni kutib qolamiz! Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang

Finlit.uz bilan Moliyaviy savodxonligingizni oshiring!

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Markaziy bank milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Markaziy bank milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X