Markaziy bank “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida yoshlar o‘rtasida “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi
Siz yoshingiz 7 va 25 yosh orasidami? Siz video suratga olishni yoqtirasiz va ishlaringiz maksimal darajada hamma uchun foydali bo‘lishini xohlaysizmi? Siz pul yig‘ishni bilasizmi va bank omonatlari to‘g‘risida barchasini bilasizmi?
Markaziy bankning yoshlar o‘rtasida “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida o‘tkazilayotgan videoroliklar tanlovida ishtirok eting. Aynan nima sababdan ushbu investision vosita eng xavfsiz va daromadli ekanligining barchaga yetkazing!
Tanlov ikkita yosh kategoriyasi bo‘yicha o‘tkaziladi:
- 1 kategoriya – 7-14 yosh
- 2 kategoriya – 15-25 yosh
Demak, g‘olib bo‘lish uchun:
“Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida 1 daqiqagacha bo‘lgan joriy yil 26 oktyabrga qadar informativ videorolik suratga olish ushbu havola orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuborish (elektron pochta mavzusida “WSD videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart)
Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib borish zarur
Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:
- 1 o‘rin – smartfon
- 2 o‘rin – smart soat
- 3 o‘rin – Markaziy bankning kumush tangasi
“Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovi Qoidalari
Sizdan qiziqarli ijodiy ishlarni kutib qolamiz! Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang
Finlit.uz bilan Moliyaviy savodxonligingizni oshiring!