Markaziy bank "Bank omonatlari yordamida jamg‘armalarni shakllantirish" mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi bo‘yicha o‘qituvchilari uchun tanlov e'lon qiladi

Markaziy bank "Bank omonatlari yordamida jamg‘armalarni shakllantirish" mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi bo‘yicha o‘qituvchilari uchun tanlov e'lon qiladi

08.10.2021 16:52:13
52
Markaziy bank "Bank omonatlari yordamida jamg‘armalarni shakllantirish" mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi bo‘yicha o‘qituvchilari uchun tanlov e'lon qiladi

"Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars" tanlovi "Butunjahon jamg‘arish kuni" (World Savings Day 2021) doirasida o‘tkazilib, umumta'lim muassasalari o‘qituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish
va maktab o‘quvchilarining jamg‘arma sohasidagi moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda

Tanlov hay'ati tomonidan ta'lim darslarini baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

  • o‘quv fanlari negizida moliyaviy savodxonlik komponenti joriy etilganlik darajasi
  • mashg‘ulotlarni o‘tkazishga ijodiy yondashuv
  • o‘quvchilarning ijodiy faoliyati uchun dars interfaol shaklda o‘tilganligi
  • moliyaviy savodxonlik bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv materialdan foydalanganlik

Tanlov ishi joriy yilning 29 oktyabriga qadar o‘tkazilgan dars ishlanmasi videoroligi (20 minutgacha) va metodik ishlanmasi shaklida qabul qilinadi

Moliyaviy savodxonlikni amaldagi o‘quv dasturiga moslashtirgan holda o‘quv fanlari negizida integratsiya qilish imkoniyatidan kelib chiqib, tanlovda ishtirok etish bo‘yicha o‘quv fanlar chegaralanmaydi

Tanlov ishlari muallifning aniq ismi, familiyasi, adresi, telefon raqami va elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda konkurs.cbu@gmail.com ("WSD Eng yaxshi dars tanlovi" xat mavzusiga ko‘rsatilishi shart) yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6) taqdim etilishi so‘raladi

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar

"Butunjahon jamg‘arish kuni" (World Savings Day 2021) doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida "Bank omonatlaridan foydalanib jamg‘armalarni shakllantirish" mavzusidagi eng yaxshi dars tanlovi qoidalari

Ariza shakli

Tanlov haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun (71) 212-73-58, (71) 212-73-56 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin

Sizdan ijodiy ishlarni kutib qolamiz!

Finlit.uz bilan moliyaviy savodxonligingizni oshiring!

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz

O‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalarini  e'lon qilamiz

O‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalarini e'lon qilamiz



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X