"Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars" tanlovi "Butunjahon jamg‘arish kuni" (World Savings Day 2021) doirasida o‘tkazilib, umumta'lim muassasalari o‘qituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish
va maktab o‘quvchilarining jamg‘arma sohasidagi moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda
Tanlov hay'ati tomonidan ta'lim darslarini baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
- o‘quv fanlari negizida moliyaviy savodxonlik komponenti joriy etilganlik darajasi
- mashg‘ulotlarni o‘tkazishga ijodiy yondashuv
- o‘quvchilarning ijodiy faoliyati uchun dars interfaol shaklda o‘tilganligi
- moliyaviy savodxonlik bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv materialdan foydalanganlik
Tanlov ishi joriy yilning 29 oktyabriga qadar o‘tkazilgan dars ishlanmasi videoroligi (20 minutgacha) va metodik ishlanmasi shaklida qabul qilinadi
Moliyaviy savodxonlikni amaldagi o‘quv dasturiga moslashtirgan holda o‘quv fanlari negizida integratsiya qilish imkoniyatidan kelib chiqib, tanlovda ishtirok etish bo‘yicha o‘quv fanlar chegaralanmaydi
Tanlov ishlari muallifning aniq ismi, familiyasi, adresi, telefon raqami va elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda konkurs.cbu@gmail.com ("WSD Eng yaxshi dars tanlovi" xat mavzusiga ko‘rsatilishi shart) yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6) taqdim etilishi so‘raladi
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar
"Butunjahon jamg‘arish kuni" (World Savings Day 2021) doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida "Bank omonatlaridan foydalanib jamg‘armalarni shakllantirish" mavzusidagi eng yaxshi dars tanlovi qoidalari
Tanlov haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun (71) 212-73-58, (71) 212-73-56 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin
Sizdan ijodiy ishlarni kutib qolamiz!
Finlit.uz bilan moliyaviy savodxonligingizni oshiring!