“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” loyihasi

18.10.2021 17:21:05
822
“Maktablarda moliyaviy  savodxonlik oyligi” loyihasi

Loyiha ta'rifi: ushbu loyiha maktablarda bir oy davomida mashg‘ulotlar o‘tkazishga, jumladan, 5-11-sinflar o‘quv fanlari doirasida moliyaviy savodxonlik komponentlarini integratsiyalashga qaratilgan

Loyihaning maqsadi: umumta'lim maktablari o‘quvchilarini o‘quv jarayonida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha muayyan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish Loyihada hududiy joylashuvidan qat'iy nazar umumta'lim maktablarining 5-11-sinflari o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha doirasida "Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi" o‘quv dasturidan sinflar va fanlar kesimida foydalanish nazarda tutilgan
  • O‘quv mashg‘ulotlari doirasida moliyaviy savodxonlik mavzularini o‘quv fanlari negizida yoritish
  • Test, debat, interfaol o‘yinlar, bahs-munozaralar o‘tkazish
  • Matematika
  • Informatika
  • Ingliz tili
  • Mehnat
  • Iqtisodiy bilim asoslari
  • Tadbirkorlik asoslari

Loyiha o‘quv dasturi moliyaviy savodxonlik komponentlarining o‘quv fanlariga integratsiyalashuvini jadval shaklida tasvirlaydi. Jadvalda har bir sinf bo‘yicha moliyaviy savodxonlikni fanlarga kiritishning mavzulari va formatlari bayon etilgan

O‘quv materiallaridan foydalanish, interfaol o‘yinlar o‘tkazish, test, debat, bahs-munozaralar dasturni qo‘llashda batafsil bayon etilgan Kredit va depozit kalkulyatori axborot-ta'lim resursi Finlit.uz veb-saytining "Interaktiv xizmatlar" bo‘limida joylashtirilgan

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

"Financial Literacy Levels in the Commonwealth of Independent States in 2021" OECD tadqiqoti

"Financial Literacy Levels in the Commonwealth of Independent States in 2021" OECD tadqiqoti

"Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan" IFC tadqiqoti

"Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan" IFC tadqiqoti

Bank mahsulotlariga oid ko‘rsatmalar

Bank mahsulotlariga oid ko‘rsatmalar



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X