Markaziy bank tomonidan volontyor-talabalarni moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

27.10.2021 10:37:47
141
Markaziy bank tomonidan volontyor-talabalarni moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan iqtisodiy yo‘nalishdagi uchta oliy o‘quv yurtida volontyor-talabalarni moliyaviy savodxonlik bo‘yicha trenerlikka tayyorlash yuzasidan treninglar o‘tkazildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali va Toshkent moliya institutining 100 dan ortiq talabalari volontyor-trenerlar sifatida moliyaviy savodxonlik asoslari bo‘yicha o‘quv tadbirida qatnashdilar.

Tadbir davomida Markaziy bank xodimlari tomonidan bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, moliyaviy maqsadlarni belgilash, foizlarni hisoblash tartibi, raqamli bank xizmatlari va mahsulotlaridan samarali foydalanish, moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash kabi moliyaviy savodxonlikning asosiy masalalari yoritildi. Talabalarga volontyorlik faoliyatining tashkiliy asoslari hamda treninglar o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari va tinglovchilar bilan o‘zaro hamkorlik tamoyillari tushuntirildi. Tadbirning interfaol formati ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkonini berdi.

O‘quv mashg‘ulotlardan so‘ng talabalar Toshkent shahridagi 25 ta noiqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha kelgusi treninglarni o‘tkazadi.

"Noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish" loyihasi moliya va iqtisod sohasidagi asosiy bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad volontyor-talabalar tomonidan yoshlar uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish va oqilona moliyaviy xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat.

finlit.uz bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring

#moliyaviy_savodxonlik #finansovaya_gramotnost

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bankning moliyaviy ta'lim bo‘yicha ekotizimi kengaytirilmoqda

Markaziy bankning moliyaviy ta'lim bo‘yicha ekotizimi kengaytirilmoqda

Moliyaviy savodxonlikni oshirish aholi turmush tarzining yaxshilanishiga xizmat qiladi

Moliyaviy savodxonlikni oshirish aholi turmush tarzining yaxshilanishiga xizmat qiladi

“Moliyaviy savodxonlikning to‘rt fasli” loyihasi yo‘lga qo‘yildi

“Moliyaviy savodxonlikning to‘rt fasli” loyihasi yo‘lga qo‘yildi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X