Ko‘plab talablarga binoan, “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida o‘tkazilayotgan tanlovlar muddatini uzaytiramiz!

Ko‘plab talablarga binoan, “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida o‘tkazilayotgan tanlovlar muddatini uzaytiramiz!

28.10.2021 11:53:42
496

Endilikda sizda Markaziy bankning “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tanlovlari muddati joriy yil 15 noyabrga qadar uzaytirildi! Tanlovlarga qatnashish va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Hali bu haqda eshitmaganlar diqqatiga!

“Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovi:

Tanlov ikkita yosh kategoriyasi bo‘yicha o‘tkaziladi

1 kategoriya – 7-14 yosh

2 kategoriya – 15-25 yosh

“Bank omonatlari yordamida jamg‘armalarni shakllantirish” mavzusidagi eng yaxshi dars tanlov:

Tanlov maktab o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi

Jamg‘arish mavzusiga bag‘ishlangan Markaziy bankning esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov:

Tanlov kreativ aholi o‘rtasida tashkil etiladi

Eslatib o‘tamiz, g‘olib bo‘lish uchun quyidagilarni bajarish zarur:

·      Tanlov mavzulari doirasida ijodiy ishingizni yarating va arizani to‘ldiring

·      Joriy yil 15 noyabrga qadar ariza va ijodiy ishingizni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuboring (elektron pochta mavzusida “WSD videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart)

·      Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib boring

Tanlov g‘olib va sovrindorlari Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadilar:

“Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovi Qoidalari

"Butunjahon jamg‘arish kuni" (World Savings Day 2021) doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida "Bank omonatlaridan foydalanib jamg‘armalarni shakllantirish" mavzusidagi eng yaxshi dars tanlovi qoidalari

Tanlov haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun (71) 212-73-58, (71) 212-73-56 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin

Sizdan ijodiy ishlarni kutib qolamiz!

@finlituzb bilan moliyaviy savodxonligingizni qiziqarli va maroqli tarzda oshiring!

#moliyaviy_savodxonlik #videorolik #tanlov

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Ko‘plab talablarga binoan, “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida o‘tkazilayotgan tanlovlar muddatini uzaytiramiz!

Ko‘plab talablarga binoan, “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida o‘tkazilayotgan tanlovlar muddatini uzaytiramiz!

Markaziy bankning pullarni jamg‘arish bo‘yicha chellenji

Markaziy bankning pullarni jamg‘arish bo‘yicha chellenji

“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” ta'lim loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi

“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” ta'lim loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X