Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keys chempionatining o‘n beshinchi turi "Talaba hayotidan bir kun"
Bellashuvni davom ettiramiz!
Oldinda sizni o‘n beshinchi keysga yechim topish va bir hafta mobaynida qiziqarli jamoaviy ish kutmoqda
Yechim topishingiz lozim bo‘lgan o‘n beshinchi keys haqida qisqacha ma'lumot:
Mazkur keysda ishchi talabaning hayotidan olingan parchani ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, har birimiz zudlik bilan moliyaviy qarorlar qabul qilishimiz zarur bo‘lgan muhim moliyaviy vaziyatlarga duch kelganmiz. Biroq, bunday masalalarda tezkorlik rejalashtirilmagan qo‘shimcha xarajatlarga olib kelishi mumkin.
Keysni o‘rganing va kreativ fikrlashni namoyon eting!
Keys bo‘yicha javoblarni joriy yilning 12-noyabriga qadar konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi
Oldingi keyslar bo‘yicha yuborilgan javoblar hozirda ko‘rib chiqilmoqda
Barchaga omad tilaymiz!