Markaziy bankning hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli faoliyati davom etmoqda
Joriy yil 2-4 noyabr' kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Xorazm viloyatining to‘rtta tumanida ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu ta'lim tadbiri davomida Yangibozor, Bog‘ot Xiva va Urganch tumanlaridan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 200 dan ortiq ayollar qamrab olindi.
Treninglarning maqsadli auditoriyasini “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, yaqinda tadbirkorlikni boshlaganlar, shuningdek mahalla raisi o‘rinbosarlari bo‘lgan ayollar tashkil etdi.
O‘tkazilgan treninglar bank omonatlari yordamida jamg‘armalar shakllantirish, kredit mablag‘lariga mas'uliyat bilan yondashish, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish, foizlarning hisoblanish tartibi, raqamli bank mahsulotlari va xizmatlari hamda moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash va moliyaviy xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish kabi moliyaviy savodxonlik bo‘yicha nazariy va amaliy mavzularni o‘z ichiga oldi.
Markaziy bank respublikamizning boshqa hududlarida ham ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ta'lim tadbirlarini tashkil etishni davom ettiradi.
@finlituzb bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring!