Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Markaziy bank mehnat migrantlari moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasini ishga tushirdi

26 Noy 2021 10:36
575
Markaziy bank mehnat migrantlari moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasini ishga tushirdi

Markaziy bank tomonidan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilishi boshlandi.

Joriy yil 24 noyabr kuni Markaziy bank tomonidan “Kafolat” sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi trenerlarni moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tayyorlash yuzasidan trening o‘tkazildi.

Trening doirasida to‘lov va pul o‘tkazmalari, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar, moliyaviy xavfsizlik (jumladan, raqamli moliyaviy xavfsizlik) va bank omonatlari kabi mavzular yoritildi. Bundan tashqari, dasturga “Sberbank” OAJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlar va materiallar kiritilgan bo‘lib, ular Rossiya Federatsiyasining bank xizmatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlari ochib berdi.

Loyiha joriy yilning dekabr oyidan boshlab Agrobank, Mikrokreditbank, Xalq bankilarining konsalting ko‘magi ostida 6 kunlik kengaytirilgan o‘quv kursi doirasida “Ishga marhamat” monomarkazlarining 14 ta filiallarida, 1 kunlik tezlashtirilgan o‘quv kursi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mehnat migrantlari va ularning oila a'zolarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha dastur  prezentasiyasi

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Markaziy bank moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda

Markaziy bank moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda

"Financial Literacy Levels in the Commonwealth of Independent States in 2021" OECD tadqiqoti

"Financial Literacy Levels in the Commonwealth of Independent States in 2021" OECD tadqiqoti

"Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan" IFC tadqiqoti

"Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan" IFC tadqiqoti



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X