Markaziy bank tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida bank agent-trenerlarini tayyorlash loyihasi ishga tushirildi

02.12.2021 09:07:27
24
Markaziy bank tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida bank agent-trenerlarini tayyorlash loyihasi ishga tushirildi

Joriy yilning 30 noyabr va 1 dekabr kunlari Markaziy bank tomonidan “Mikrokreditbank” ATBning 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 50 nafar hududiy bank agentlari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv treninglari o‘tkazildi.

Loyihaning asosiy maqsadi aholining bank xizmatlari va moliyaviy xavfsizlik masalalarida bilim, ko‘nikma va mas'uliyatli xulq-atvorini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadigan bank agent-trenerlarini tayyorlashdan iborat.

Tadbir davomida Markaziy bank mutaxassislari tomonidan mas'uliyatli kredit olish, bank omonatlaridan foydalangan holda jamg‘armani shakllantirish, shuningdek, moliyaviy xavfsizlik (jumladan, raqamli moliyaviy xavfsizlik), moliyaviy xizmatlar iste'molchilarining huquqlari, to‘lov tizimi va zamonaviy moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha asosiy tushunchalar yoritildi.

Belgilangan vazifalarga muvofiq, trening ishtirokchilari tomonidan mazkur loyiha qamrovi mamlakat bo‘yicha barcha viloyatlardagi yana 500 dan ortiq bank agent-trenerlarini tayyorlash orqali kengaytirilib, natijada mahallalarda 100 mingdan ortiq aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ta'lim tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Презетация №1

Презетация №2

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida bank agent-trenerlarini tayyorlash loyihasi ishga tushirildi

Markaziy bank tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida bank agent-trenerlarini tayyorlash loyihasi ishga tushirildi

Markaziy bank mehnat migrantlari moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasini ishga tushirdi

Markaziy bank mehnat migrantlari moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasini ishga tushirdi

“Maktablarda moliyaviy  savodxonlik oyligi” loyihasi

“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” loyihasi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X