“Global Money Week” (Global Money Week 2022) tadbiri doirasida o‘qituvchilar uchun Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan tanlov natijalari sarhisob qilindi

“Global Money Week” (Global Money Week 2022) tadbiri doirasida o‘qituvchilar uchun Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan tanlov natijalari sarhisob qilindi

13.06.2022 11:28:24
324
“Global Money Week” (Global Money Week 2022) tadbiri doirasida o‘qituvchilar uchun Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan tanlov natijalari sarhisob qilindi

“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” o‘quv loyihasi doirasida “Nima uchun banklarda pullarni saqlash xavfsiz va foydali” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish hamda 5-11 sinf o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishdir.

Tanlov hakamlar hay'ati tomonidan ta'lim darslarini baholash jarayonida quyidagi mezonlar inobatga olindi: o‘quv fanlariga moliyaviy savodxonlikning tarkibiy qisimlarini joriy etish darajasi, darsni o‘tkazishga ijodiy yondashuv, o‘quvchilarning faol ijodiy yondashishlari uchun interfaol format, shuningdek qo‘shimcha materiallardan foydalanish.

“Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars ishlanmasi” tanlovi g‘oliblari:

  • 1-o‘rin: Dilfuza Izbaeva – Prezident maktabi, Farg‘ona shahri.
  • 2- o‘rin: Dilfuza Naimova –16-maktab, Buxoro shahri.
  • 3- o‘rin: Mumtoza Karimova – 5-maktab, Andijon shahri.

Ushbu ta'lim loyihasi 21 ta tijorat banklari tomonidan ham amalga oshirilgan bo‘lib, Respublika bo‘yicha 220 dan ortiq umumta'lim maktablarida tanlovlar o‘tkazildi.

G‘oliblarni tabriklaymiz! G‘oliblarni taqdirlash sanasi bo‘yicha ma'lumot har bir ishtirokchiga shaxsan e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etganingiz uchun barchaga minnatdorchilik bildiramiz!

Finlit.uz bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring!

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank “Butunjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2024) doirasida “Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi

Markaziy bank “Butunjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2024) doirasida “Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi

Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 3-4-kurs talabalari uchun moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish ta'lim loyihasi

Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 3-4-kurs talabalari uchun moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish ta'lim loyihasi

Videoroliklar tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023

Videoroliklar tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X