“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” o‘quv loyihasi doirasida “Nima uchun banklarda pullarni saqlash xavfsiz va foydali” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish hamda 5-11 sinf o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishdir.
Tanlov hakamlar hay'ati tomonidan ta'lim darslarini baholash jarayonida quyidagi mezonlar inobatga olindi: o‘quv fanlariga moliyaviy savodxonlikning tarkibiy qisimlarini joriy etish darajasi, darsni o‘tkazishga ijodiy yondashuv, o‘quvchilarning faol ijodiy yondashishlari uchun interfaol format, shuningdek qo‘shimcha materiallardan foydalanish.
“Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars ishlanmasi” tanlovi g‘oliblari:
- 1-o‘rin: Dilfuza Izbaeva – Prezident maktabi, Farg‘ona shahri.
- 2- o‘rin: Dilfuza Naimova –16-maktab, Buxoro shahri.
- 3- o‘rin: Mumtoza Karimova – 5-maktab, Andijon shahri.
Ushbu ta'lim loyihasi 21 ta tijorat banklari tomonidan ham amalga oshirilgan bo‘lib, Respublika bo‘yicha 220 dan ortiq umumta'lim maktablarida tanlovlar o‘tkazildi.
G‘oliblarni tabriklaymiz! G‘oliblarni taqdirlash sanasi bo‘yicha ma'lumot har bir ishtirokchiga shaxsan e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etganingiz uchun barchaga minnatdorchilik bildiramiz!
Finlit.uz bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring!